IMundarija
Ayiruv bog’lovchili bog’langan qo’shma gaplar
Download 57.75 Kb.
|
Birinchi bob. Qo’shma gaplar haqida umumiy ma’lumot-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Inkor boglovchili boglangan qoshma gaplar .
Ayiruv bog’lovchili bog’langan qo’shma gaplar.Ayiruv bog’lovchili bog’langan q’shma gaplar ketma-ket yuzaga keladigan yoki bir-biri bilan almashinib turadigan , navbatma-navbat yuzaga keladigan birdan ortiq voqea-hodisa yoki harakatni ifodalab , semantic jihatdan ayiruv va ichki zidlik , izoh , qiyos , gumon ,shart kabi ma’no mnosabatini ifodalaydi . Bir ..,dam..,ba’zan..,goh… bog’lovchilari bilan shakllangan qo’shma gaplar ketma-ket sodir bo’lgan voqealarni ifodalab , semantic jihatdan zidlik va izoh munosabatini anglatadi .Masalan : Dam jahlim chiqadi , dam dam kulgim qistaydi . Yo , yoki , bo’lmasa ayiruv bog’lovchili bog’langan q’shma gaplarda voqea-hodisalardan faqat birining sodir bo’lishi aks etadi hamda qiyos , gumon , shart ma’no munosabatlari ifodalanadi .Masalan :Mayli siz keting bu shahardan , yoki biz ko’chib ketamiz . Inkor bog'lovchili bog'langan qo'shma gaplar .Bunday qo’shma gaplarda inkor munosabati ifodalanadi . Qo’shma gap qismlari na… inkor yuklama-bog’lovchisi yordamida bog’lanadi . Bu bog’lovchi qo’shma gap qismlarining boshida takrorlanib keladi , yuzaga chiqmagan voqea-hodisalarni ifodalovchi gaplarni o’zaro biriktirib ,bog’langan qoshma gaplarni hosil qiladi .Masalan : Na u keldi , na men bordim. Inkor bog’lovchili qo’shma gaplarning kesimlari ,odatda , tasdiq shakllida bo’ladi . Ba’zi hollarda ma’noni kuchaytirish uchun gap kesimi inkor shaklda ham qo’llanadi . Masalan :…Bu haqida na Kimsanoy bi narsa deya olmadi , na Anzirat xola .(A.Q) Inkor bog’lovchili bog’langan qo’shma gaplarning kesimlari bir xil so’z bilan ifodalanib , bir zamonda shakllanganda , ko’pincha oxirgi kesim qo’llanmaydi.Masalan : Bular orasida bo’lib o’tgan mojarodan na Umidaning xabari bor , na Isroilning . Matn talabi bilan inkor bog’lovchili qoshma gaplarda ba’zan hamma kesimlar qo’llanmasligi mumkin . Masalan : Cho’chima jigarim , o’z uyingdasan bu yerda , na g’urbat , na ofat , na g’am .(G’.G’ulom) An’anaviy sintaktik ta’limotda bog’langan qo’shma gaplar: biriktiruv , zidlov, ayiruv va inkor bog’lovchili bog’langan qo’shma gaplarga ajratiladi . Har bir tur nafaqat bog’lovchi vositalarga ko’ra , balki ularda aks etgan mazmuniy munosabatlar asosida ham o’zaro farqli belgilarini namoyon qiladi. Bog’langan qo’shma gaplar ham barcha gap turlari kabi sintaktik shakl va u orqali ifodalanuvchi mazmunning dialektik birligidan tashkil opgan butunlikdir . Bog’langan qoshma gaplarda semantic birliklarning har bir o’z moddiy shakliga ega bo’lganda , shakl va mazmun birligi buzilmaydi . Masalan: “Bahor keldi va hamma yoq yashil libosga burkandi “ gapida shakl va mazmun bir-biriga muvofiq. Shakl va mazmunning dialektik birligi ba’zan ziddiyatli bo’lib , bu ziddiyat ularning bir-biriga nomuvofiqligi holatlarida yuzaga keladi . Bog’langan qo’shma gaplarda shakily-mazmuniy nomuvofiqlik ko’pincha yashirin (implitsit) ifodalar orqali yuzaga keladi . Ma’lumki , gapda hamma fikr ham ochiq (eksplitsit tarzda) ifodalanavermaydi . Fikrni implitsit ifodalash asosda sintaktik shakl va uning mazmuni o’rtasida ziddiyat yuzaga keladi .Masalan : “Gapirmoqchi edi , ammo tili og’ziga tiqilib qoldi “ gapida inkor xarakteridagi “U gaopirmadi” axboroti ham ifodalanadi .Bu axborot ayni bog’langan qo’shma gapning ichki strukturasidan yashirin tarzda anglashiladi . Zidlov bog’lovchili o’ramning (-moqchi edi , ammo) presuppozitsiyaga ishorasi asosida tasdiq xarakteridagi gapda inkorni bildiruvchi axborot shakllanadi va bu holat bo’langan qo’sha gapda shakily-mazmuniy nomuvofiqlikni yuzaga keltiradi . Bog’langan qo’shma gaplarda yuzaga kelgan shakily-mazmuniy nomuvofiqlik ularning noto’g’ri yoki chalkash tushunilishiga olib kelmaydi . So’zlovchi va tinglovchilarning borliq haqidagi umumiy bilimlari va til ko’nikmalari har qanday asimmetrik gapni , jumladan , bog’langan qo’shma gaplarni to’g’ri tushunishga yordam beradi . Bog’langan qo’shma gaplarni shakl va mazmun munosabatiga ko’ra simmetrik va asimmetrik gaplarga ajratish mumkin . Simmetrik gaplar shakl va mazmun birligini aks ettirsa , asimmetrik gaplarda shakl va mazmun nomuvofiqligi kuzatiladi . Download 57.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling