Nisbiy so’zli ergashgan qo’shma gaplar.
Ergash gap tarkibida qo’llanuvchi kim , nima , qancha ,qayer kabi so’roq olmoshlari va bosh gap tarkibida unga javob bo’lib keluvchi shu , o’sha , shuncha , shunday kabi olmoshlar bir-biriga nisbatan qo’llanganligi , biri ikkinchisini taqozo etganligi uchun nisbiy so’zlar hisoblanadi .Ergash gapning kesimi shart mayli shaklidagi fe’llar bilan ifodalanadi .Masalan: Kim mehnat qilsa , u maqsadiga erishadi .
Ergashgan qo’shma gaplarning sodda gap bilan ma’nodoshligi.
Tarkibida ko’rsatish olmoshi mavjud bo’lgan egashgan qo’shma galar tegishli sodda gaplar bilan ma’nodosh bo’la oladi . Ergash gapni bosh gap tarkibida tegishli ko’rsatish olmoshi bilan ifodalagan gap bo’lagi o’rniga qo’yish orqali sodda apga aylantirish mumkin . Masalan: Kim ko’p ‘qisa , u ko’p biladi – ko’p o’qigan ko’p biladi .
Kesim ergash gapli qo’shma gaplar.
Bosh gap tarkibidagi kesim vazifasida qo’llangan ko’rsatish olmoshining ma’nosini izohlab keluvchi ergash gapga – kesim ergash gap deyiladi . Kesim ergash gap bosh gapga ko’rsatish olmoshi tarkibidagi –ki yuklamasi orqali bog’lanadi . Masalan : Endi sizlarga muborak topshiriq shuki, har biringiz alohida-alohida ketasiz .
Kesim ergash gapli qo’shma gapda bosh gapning kesimi shuki , shundayki , shundan iboratki , shu ediki kabi shakllanadi . Bosh gap ergash gapdan oldin keladi : Maslahatim shuki , bugun o’zga bir go’shaga chekining.
Ega ergash gapli qo’shma gaplar .
Bosh gap tarkibida ega vazifasida qo’llangan ko’rsatish olmoshining ma’nosini izohlab keluvchi ergash gapga ega ergash gap deyiladi . Bunday ergash gap bosh gapga nisbiy so’zlar (kim-o’sha) yoki bosh gap kesimi tarkibida qo’llanuvchi –ki yuklamasi yordamida bog’lanadi . Gap qismlari nisbiy so’zlar yordamida bog’langanda , ergash gap kesimi shart mayli shaklidagi fe’llar bilan ifodalanadi va ergash gap bosh gapdan oldin keladi .Masalan: Kimki lm urug’ii sepsa , u ulug’lik mevasini teradi .
Gap qismlari -ki yordamida bog’langanda esa ega ergash gap bosh gapdan keyin keladi : Shu narsa qiziqki , uyquda ham miya faoliyatdan to’xtatmaydi .
Ba’zan bosh gapning egasi vazifasidagi ko’rsatish olmoshi qo’llanmasligi mumkin , ammo uning o’rni bilinib turadi : Bu savollardan ma’lum bo’ldiki , aybnoma uydirma emas .
Do'stlaringiz bilan baham: |