IMundarija


Download 57.75 Kb.
bet15/16
Sana24.10.2023
Hajmi57.75 Kb.
#1718582
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Birinchi bob. Qo’shma gaplar haqida umumiy ma’lumot-fayllar.org

Umumiy xulosa .
O`zbek tili sintaksisini o`rganish taraqqiyotida ega yo`nalishi bosh yo`nalish bo`ldi. Shu asosda G`.Abdurahmonov, M.Asqarovalarning ishlarida qo`shma gap haqidagi mukammal ta'limot ishlab chiqildi. Qo`shma gap masalasi o`zbek tilshunosligida birinchi marta ilmiy asosda G`.Abduraqmonov tomonidan chuqur o`rganildi. Qo`shma va sodda gaplarning o`zaro munosabati, farqlari, qo`shma gapning turlari, har bir turning umumiy, xususiy jihatlari atroflicha tahlil qilinadi. Shuni ta'kidlash kerakki, G`.Abdurahmonov bundan qariyib 49 yil ilgari qo`shma gapni shu darajada sinchkovlik bilan o`rganganki, natijada qo`shma gapning hech kimning aqliga kelmagan nozik tomonlariga ham ahamiyat bergan. G`.Abduraqmonov, M.Asqarova, A.G`ulomovlarning ega markazida turgan sintaktik tahlillarida yana quyidagi hal qiluvchi holatlarni qayd etib o`tish lozim: 1. Qo`shma gap bo`lishi uchun gapda ikki va undan ortiq ega-kesim markazi bo`lmog`i lozim. 2. "Bog`langan" tushunchasi asosida teng bog`lovchi, ya'ni "bog`lovchi turkumidagi teng bog`lovchi turiga oid yordamchi so`z bor" mazmunida tushuniladi. 3. Ergash gapli qo`shma gaplarning "ergash" gapining turini belgilashda mazmun-vazifa omiliga tayaniladi.
A.Berdialiev 80-yillarga kelib, qo`shma gap sintaksisiga yangi yo`nalish - sistem yo`nalish tahlili usullarini izchil ravishda tadbiq etishga urindi. A.Berdialiev qo`shma gap sintaksisi sohasiga sistem tilshunoslikning o`xshashlik (paradigmatika), sintaktik ziddiyatlar (sintaktik oppozitsiya) kabi tushunchalarni olib kirdi. Qo`shma gap [WPmRWPm] umumiy qolipi o`nlab ko`rinishlarda va cheksiz nutqiy to`ldirilish shakllarida voqelanishi mumkin. Chunonchi: U aytgan. biz eshitgan edik. va Bemorxonada yotgan o`rtoqlarini ko`rishga kecha Salim gul, bugun Rahim kitob olib bordi. Sistem tilshunoslikda har bir til birligi ongimizda ma'lum bir shakl va ma'lum bir mazmun (vazifa)ning barqaror, yaxlitligi, butunligi sifatida (invariant holatda) yashaydi va nutqda cheksiz ko`rinishlar (variantlar) sifatida yuzaga chiqadi, deb uqtiriladi. Bu nutqiy ko`rinishlarni sanab nihoyasiga yeta olmaymiz, zeroki har bir til birligining milliard-milliard bu ko`rinishlari bizgacha yaratilgan va yana o`n chunon kelasi avlod tomonidan yaratiladi. Lekin biz bu nutqiy ko`rinishlarni invariant holatida bo`lgan til birliklari va variant shaklida yuzaga chiqadigan nutqiy ko`rinishlari oralig`ida turuvchi tipik ko`rinishlar, variant turlariga birlashtira olamiz. Biz shu ma'noda "ko`rinish turi", "ko`rinish xili", "tipik ko`rinishlar" kabi birikmalardan foydalanamiz. Yuqoridagi [WPmRWPm] umumiy qolipi o`zbek tilida qo`shma gaplarning umumiy yaxlit, butun (invariant) qolipi (modeli)dir. [WPm,WPml tipik ko`rinishning mohiyati shundaki, [QG] tarkibiy qismlarining markazlari sanalgan kesimlarning har biri o`ziga xos shakllarning umumiy grammatik ma'no va vazifalari asosida mustaqil qo`llana oladi.
Substantsial sintaksis formal sintaksisdan farq qilib, ko`rib o`tganimizdek, nafaqat formulalar, balki ularning voqelashuvi - paradigmasi bilan ham ish ko`radi.

Download 57.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling