Individual guruhli harakatlar


Individual va guruhli tashkiliy xulq-atvorning xususiyatlari


Download 53.62 Kb.
bet2/11
Sana18.02.2023
Hajmi53.62 Kb.
#1210101
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
INDIVIDUAL GURUHLI HARAKATLAR

Individual va guruhli tashkiliy xulq-atvorning xususiyatlari

Shaxsning tashkilotdagi o‘rni. Individual xulq-atvor turlari
Tashkilot alohida shaxslardan iborat bo‘lib, bu shaxslarning xatti-harakati va o‘zaro ta’siri tashkilot xatti-harakatlarining barcha boshqa darajalariga ta’sir qiladi, xoh u guruh xatti-harakati, liderhilik yoki tashkilotning korporativ madaniyati bo‘lsin.
Shunday qilib, individual xulq-atvorni bilish odamlarning o‘zini qanday tutishini va bir-biri bilan qanday munosabatda bo‘lishini tushunishga yordam beradigan muhim vositadir.
"Shaxs" atamasi turli xil ma’nolarga ega. U psixologiya strukturasining turli, ko‘pincha qarama-qarshi nazariy g‘oyalarning keng doirasini qamrab olgan maxsus bo‘lim tomonidan o‘rganiladi.
Shaxs o‘ziga xos qaytarilmas dunyo. Dunyoda bir - biriga aynan o‘hshash bo‘lgan ikki kishini topish juda mushkul. Odam tashqi qiyofasi, bo‘yi - basti bilan boshqa biror kimsaga o‘xshashi mumkin, lekin fe’li, mijozi va shaxs sifatidagi xususiyatlari nuqtai nazaridan aynan bir xil insonlar bo‘lmaydi.
Individuallik” - konkret odamni boshqa bir konkret odamdan farqlovchi barcha o‘ziga xos xususiyatlar majmuini o‘z ichiga oladi. Shu nuqtai nazardan shaxs tizimini tahlil qiladigan bo‘lsak, shaxsning individualligiga uning qobiliyatlari,temperamenti, xarakteri, irodaviy sifatlari, emotsiyalari, xulqiga xos motivatsiya va ijtimoiy holatlari kiradi.
Guruh - umumiy manfaat, xususiyatlar, kasb, faoliyat va boshqalar bilan bir-biri bilan o'zaro aloqada bo'lgan ikki yoki undan ortiq kishilardan tashkil topgan uyushma
Menejmentda shaxsning shaxsiyati, uning mohiyati xodimning xulq-atvori, mehnat jarayonida muloqot qilish usullari nuqtai nazaridan qaraladi. Menejerlarni insonning biznesga munosabati, uning qobiliyatlari, tajribasi, odobliligi, halolligi, tashabbuskorligi va butun korxona faoliyatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadigan yoki ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan boshqa xususiyatlar va fazilatlari haqidagi savollar qiziqtiradi.
Xulq-atvorda bo‘lgani kabi, shaxsiy xususiyatlarning qanchalik tug‘ma ekanligi va tashqi omillar tomonidan qanday darajada aniqlanishi haqida bahslar mavjud. Bu ikki yondashuv nomotetik va idiografik deb ataladi.

Download 53.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling