Individual rivojlanish biologiyasi fani zigota hosil bo’lishidan organizmning tabiiy o’limigacha bo’lgan davrining umumiy qonuniyatlarini o’rganadi


Ektodermadan hosil bo’lgan organlar


Download 2.45 Mb.
bet74/138
Sana22.11.2023
Hajmi2.45 Mb.
#1793399
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   138
Bog'liq
portal.guldu.uz-Individual rivojlanish biologiyasi

Ektodermadan hosil bo’lgan organlar
Embrionning ektoderma qavatidan bezlar, tuklar, teri va boshqa epiteliy to’qimasining hosilalari, nerv va sezgi organlar hosil bo’ladi (5 – jadval).
Neyrulyasiya. Umurtqali hayvonlar embrion taraqqiyotida gastrulasiyadan keyin neyrulyasiya, ya’ni o’q organlar- nerv nayi ( bu bosqichning nomi shundan olingan), xorda va mezoderma somit paydo bo’lishi bosqichi sodir bo’ladi. Bu bosqichdagi embrion neyrula deb ataladi. Nerv sistemasini hosil qiluvchi hujayralar yirik bo’lib, ular xorda va somitni yopib turadi nerv plastinkasining chetidan 2ta nerv yoki medulyar valik boshlanib, ular nerv sistemasini hosil qiladi. Bu valiklar dastlab embrionning oldingi qismida, keyin o’rta va orqa qismida hosil bo’ladi. Ular birikib, nerv yoki medulyar nayni hosil qiladi. Bu naydan orqa miya taraqqiy etadi. Uning birikib, nerv yoki oldingi qismi kengayib, bosh miyani hosil qiladi. Medulyar nay epidermisdan to’liq ajraladi. Epidermisning chetlari nerv nayining ustki qismi bilan birikadi. Shunday qilib nerv nayi orqa va bosh miyaga aylanadi (82-rasm).
Nerv nayi oldingi qismining turli joylarining notekis o’tishi tufayli har xil kattalikdaki kengaygan joylar paydo bo’ladi.(83- rasm). Ayniqsa, 3ta: oldingi, o’rta va orqa miya pufagi hosil bo’ladi. Oldingi miya pufagi keyinchalik katta miyaga yoki oxirgi miyaga va oraliq miyaga aylanadi. O’rta miya pufagidan o’rta miya hosil bo’ladi, orqa miya pufagidan miyacha, miyaho’prigi va uzunchoq miya hosil bo’ladi.
Oraliq miyaning pastki qismidan gipofiz, devoridan esa gipotalamus va epiviz bezlari paydo bo’ladi. Nerv sistemasining murakkabligiga qarab harxil hayvonlarda markaziy nerv sistemasining o’ziga xos anatomik , gistologik xususiyatlari paydo bo’lgan.
Tuban umurtqali hayvonlarda, jumladan , jinsiy voyaga yetgan akulasimon baliqlarda nerv sistenasidan deyarli farq qilmaydi. Yuksak umyrtqalarida, ayniqsa, odamlarning embrionning bosh miyasi morfolagik jixatidan jinsiy voyaga etgan baliq yoki amfibiya bosh miyasidan farq qilmaydi. Ammo odam jinsiy voyaga yetganda uning miyasi tuzilishi jixatidan tuban umurtqalilarning miyasidan tubdan farq qiladi. Progressiv evolyusiya jarayonida organizimlarni tashkil etadigan hamma organlarni ham murakkablashmagan. Masalan, qushlarning yoki hashoratlar ko’zining ayrim xususiyatlari sut emizuvchilarning ko’ziga nisbatan yuqori darajada tuzilgan. Bosh miya odamning kelib chiqishi va evolyusiyasi jarayonida yuksak darajada takomillashgan.

Download 2.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling