Induvidal loyiha
Xitoyning B2C E-tijoratining 2011-2016 yillar oralig`idagi savdosi
Download 0.91 Mb.
|
Kurs ishi
Xitoyning B2C E-tijoratining 2011-2016 yillar oralig`idagi savdosi
Manba: muallif tomonidan Go-Globe marketing agentligi malumotlar asosida tuzilgan Elektron savdo bilan shug‘ullanuvchi sayt uchun obro‘ juda muhim. Foydani ta’minlash uchun ko‘plab saytlar bor kuchi bilan o‘zining obro‘sini ko‘taradilar, bir vaqtning o‘zida savdogarlar va iste’molchilar uchun yanada qulay sharoitlarni taqdim qilishadi. Taobao saytining jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limining boshlig‘i Yan Syao elektron tijorat uchun eng birinchi platformalardan biri sifatida Taobao boshqaruv tizimida shaxsiy samarali qoidalarni ishlab chiqqanligini xabar qildi. Mana uning bu boradagi so‘zlari: “Taobao saytida shaxsiy tizim tashkil qilingan: birinchidan, barcha savdogarlarning hamma axborotini va baholarini saqlab qolamiz, buni an’anaviy savdo sharoitlarida qilish juda qiyin, ikkinchidan biz to‘lov muammosini hal qildik, ya’ni yetakchi Xitoy internet-to‘lovlari xizmati alipay orqali 3-tomon kafilligi asosida mablag‘larning xavfsizligi ta’minalanadi, uchinchidan, biz savdogarlar va iste’molchilar o‘rtasida xabarlashish uchun taobaovanvan dasturini ishlab chiqdik. Bu tizim odamlarga saytda xavfsiz xarid qilish imkonini ta’minlaydi”. Taobao saytidan tashqari, keyingi yillarda yangi internet-do‘konlar, masalan vankl kabi va boshqalar ham yanada ommaviylashmoqda. Ular nafaqat elektron savdo uchun platformani taqdim qilishadi biroq o‘zlari ham butun savdo protsessini boshqaradilar. “2008 yilda XXR tijorat vazirligi ikkita hujjatni e’lon qilgan – “elektron tijorat modeli to‘g‘risidagi nizom” va “internetda xarid qilishdagi xizmatlar to‘g‘risidagi nizom”ni. Biroq bu shunchaki sohaviy qoidalar, davlat qonunchiligi emas, ushbu qoidalar ma’lum kuchga ega emas. Elektron tijorat sohachi Xitoyda 10 yildan buyon rivojlanmoqda va tegishli davlat qonunchiligisiz bu sohada paydo bo‘layotgan muammalarni hal etish qiyin”. Elektron tijorat sohasidagi ayrim korxonalar ham ushbu muammolarni tushunadilar, biroq o‘z biznesini tez rivojlantirishni xohlab, ular bilan shug‘ullanmaydilar. Vankl internet-do‘konining direktorining o‘rinbosari janob u shen Xitoy elektron tijoratni rivojlantirish ekstensiv bosqichda, shu sababli ushbu sohadagi ish sifati bevosita faqat insoniy omilga bog‘liq deb hisoblaydi. Ayrim mutaxassislarning fikriga ko‘ra, keyingi o‘n yillik davomida Xitoyda internet tarmoqlari yanada tijoratlashadi. U shen sohada mavjud muammolar hal qilingan taqdirda, elektron tijorat Xitoyning keyingi rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatishini bashorat qiladi. U shunday dedi: “Kelajakda elektron tijorat sohasi an’anaviy savdo-sanoat kapitali bilan birlashadi. Ularning birlashuvchi chuqur va uzoq muddatli bo‘ladi. U Xitoyning iqtisodiy rivojlanishi modeliga, hatto mamlakatda sohaviy tuzilmaning tartibga solinishiga va angilanishiga ta’sir qiladi. Mening fikrimcha, elektron tijorat istemolchi bozori o`sishining dvigetili bo`ladi”21 Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling