Portativ ishchi stansiyalar - qudratli va yirik ko`chma SHKlardir.
«Lap Top» turidagi portativ kompyuterlar - «diplomat» hajmidagi kichik chemodanchalar ko`rinishida tayyorlanadi.
Elektron yozuv daftarchalari (organizer – organayzerlar) - ixcham kompyuterlarning «eng engil sinfi»ga kiradi (bu sinfga ulardan tashqari kalkulyatorlar, elektron tarjimonlar va boshqalar kiradi); ularning og`irligi 200 grammdan oshmaydi.
Printer – ma’lumotlarni qog`ozga chiqaruvchi qurilma.
Matrisali printerlar- printerning yozish kallagida vertikal tartibda ignalar joylashgan. Kallak yozuv satri bo`ylab harakatlanadi va ignalar kerakli daqiqada bo`yalgan lenta orqali qog`ozga uriladi.
Purkovchi printerda - tasvir qogozga maxsus qurilma orqali purkaladigan siyoh tomchilaridan yuzaga keladi.
Lazerli printerlar - matnlarni bosmaxona sifati darajasiga yaqin darajada chop etishni ta’minlaydi. U ishlash nuqtai nazaridan nusxa ko`chiruvchi kseroksga yaqin. Bunda faqat bosuvchi baraban kompyuter buyrug`i yordamida elektrlanadi. Bo`yoq donachalari zarblanib barabanga yopishadi va tasvir hosil bo`ladi
Modem - telefon tarmog`i orqali kompyuter bilan aloqa qilish imkonini beruvchi qurilmadir.
Faks-modem – bu, faksimil xabarlarni qabul qilish va jo`natish imkonini beruvchi modemdir.
Skaner – kompyuterga matn, rasm, slayd, fotosurat ko`rinishida ifodalangan tasvirlar va boshqa grafik axborotlarni avtomatik ravishda kiritishga mo`ljallangan qurilmadir.
Plotterlar – bu, kompyuterdan chiqarilayotgan ma’lumotlarni qog`ozda rasm yoki grafik ko`rinishda tasvirlash imkonini beruvchi qurilmadir.
Bit – axborotning eng kichik birligi
Do'stlaringiz bilan baham: |