Informatika fanini o‘qitishda innovatsion ishlanmalar yaratish texnologiyasi


Download 231.32 Kb.
bet21/25
Sana18.06.2023
Hajmi231.32 Kb.
#1582563
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
Informatika fanini o‘qitishda innovatsion ishlanmalar yaratish texnologiyasi

Texnologiyaning tavsifi. Ushbu texnologiya talabalarning dars jarayonida mustaqil fikrlashiga, o‘z fikrlarini erkin bayon etishiga hamda ularda bahslashish madaniyatini tarbiyalashga qaratilgan bo‘lib, odatda, bundaymashg‘ulot talabalarning kichik guruhlarga ajratgan holda o‘tkaziladi.
Texnologiyaning maqsadi. Tanlangan mavzu, muammo asosida talabalarning fikrlarini hamda ushbu mavzuga bo‘lgan munosabatlarni aniqlash, mustaqil holda umumiy bir fikrga kelishlari va to‘g‘ri xulosa chiqarishlariga yordam berish, erkin holda bahslashishlariga sharoit yaratish, muloqatga kirishish va muloqat qila olishga o‘rgatish.
Texnologiyaning qo‘llanilishi. Amaliy, laboratoriya, fakultativ mashg‘uloylarda va darsdan tashqari vaqtda o‘tkaziladigan tarbiyaviy soatlarda qo‘llanishi mumkin bo‘lib, mashg‘ulot jamoa va kichik guruh shaklida o‘quv auditoriyasida yoki tabiat qo‘ynida o‘tkaxilishi mumkin.
Mashg‘ulotda foydalaniladigan vositalar: Vatman qog‘oz, flomaster, markerlar.
Mashg‘ulotni o‘tkazish tartibi:
-o‘qituvchi mashg‘ulotni boshlashdan avval talabalarning muloqot, bahs-munozarani o‘tkazishga qo‘yilgan talablar, qoidalar bilan tanishtiradi, so‘ngra ushbu darsning bosqichma-bosqich o‘tkazilishi tushuntiriladi;
- o‘qituvchi talabalarni mavzu yo‘nalishlar bo‘yicha guruhlarga ajratadi;
- har bir kichik guruh jamoasi o‘z yo‘nalishi bo‘yicha tayyorgarlik ko‘ra boshlaydi: boshqa kichik guruhlar bilan muloqotga kirisha olishi uchun yo‘nalishi bo‘yicha turli materiallar, ko‘rgazmali qurollar, turli rivoyat olim va mutafakkirlarning fikrlari va sh.k. kabilarni tayyorlaydi;
- kichik guruhlar o‘rtasida asosiy mavzu va uning yo‘nalishlari bo‘yicha muloqot boshlanadi;
- o‘qituvchi guruhlarning fikrlarini maqsadli yo‘naltirib boradi va asosiy mavzu kichik guruhlar tomonidan yoritilgach, u aytilgan fikrlarga o‘zining munosabatinibildirgan holda muloqotni yakunlatdi.
KBI (KUZATISH, BAHSLASHISH, ISHONTIRISH) TEXNOLOGIYASI
Texnologiyaning maqsadi: talabalarni hayotga faol o‘rninitopishlarini, peshqadamlik va sardorliksifatlarini, jamoada ishlash ko‘nikmalarini, shuningdek, o‘zgalar fikrini xurmat qilgan holda dalil keltira olish, asoslash, ishontirish, munozara olibborish mahoratilarini hamda murosaga kelish,izlanish qobilyatlarini shakllantirish va rivojlantirish.

Download 231.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling