72. Informatika fanlarini o’qitishda didaktik–o’yinli o'qitish texnologiyalari.
O‘yinli ta’lim texnologiyasi. O‘yin inson faoliyatining bir turi bo‘lib, ta’lim jarayonini turli vaziyatlarda obyekt tomonidan turli harakatlarni bajarish orqali ko‘nikma, malakalarni hosil qilish maqsadida qo‘llaniladi. O‘yinning kompyuterli, imitatsiyali, sport, iqtisodiy, harbiy, ishbilarmonlik tadbirkorlik kabi turlarga ajratilib bevosita ta’lim jarayonida foydalanish mumkin
73. Informatika fanlarini o’qitishda hamkorlikda, jamoada o’qitish texnologiyalari.
Hamkorlikda o‘qitish texnologiyasi – o‘quv jarayonida talabalarning jamoada, kichik guruh va juftlikda bilimlarni birgalikda o‘zlashtirishlari, o‘zaro rivojlanishlari, “pedagog-talaba(lar)” munosabatining hamkorlikda tashkil etilishini ifodalovchi ta’lim bo‘lib, uning asosiy g‘oyasi o‘quv topshiriqlarini jamoada, kichik guruhlarda yoki juftlikda birgalikda, o‘zaro hamkorlikda bajarish sanaladi. Shuningdek, bu texnologiyaning asosiy g‘oyasi – biror – bir topshiriqni birgalikda bajarish emas, balki hamkorlikda o‘qish, o‘rganish, hisoblanadi. Hamkorlikda o‘qitish o‘quvchida ongli intizomni tarbiyalaydi, o‘z muvaffaqiyatini guruh muvaffaqiyati deb bilishga, topshiriqlarni hamguruhlari bilan puxta o‘zlashtirishga, o‘rtoqlariga hamkor bo‘lib, o‘zaro yordam uyushtirishga va nihoyat sitqidildan aqliy mehnat bilan shug‘ullanishiga zamin tayyorlab, o‘z safdoshlarini hamjihatlikda, hamkorlikda ishlashga da’vat etishga o‘rgatadi.
74. Loyihaviy o’qitish texnologiyasini rejalashtirish va amalga oshirish.o’quv maqsadi va natijalarini loyihalashtirish.
. Loyihaviy o‘qitish texnologiyalariga kirish. Loyihaviy o‘qitish texnologiyasining asoschilaridan biri amerikalik pedagog Djon Dyu(1859-1952) hisoblanib, uning ushbu uslubni ilmiy tavsiflash asosi pragmatik(islohot, bolani faollashtirish) pedagogika talablarga asoslanadi
75. Bilimlarni nazorat va baholshni loyihalash.
Bilimlarni nazorat qilish va baholash turlari. Umumiy o‘rta ta’limda ta’limni nazorat va baholashning asosiy maqsadi o‘quvchilarga davlat ta’lim standartlariga javob beradigan bilimlarni yetkazish sifatini tekshirish bo‘lsa, oliy ta’limda esa, kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilishdir.
76. Informatika fanlarini o’qitishda web texnologiyalarni loyihalash.
Informatika o‘qituvchisi bunday faoliyatlarni amalga oshirishda o‘qitishning innovatsion metodlari, internet, web texnologiyalari, bulutli texnologiyalar va mobil texnologiyalaridan ham foydalanishni yo‘lga qo‘yadi
77. Informatika ta’limida an’anaviy va noan’anaviy ta’lim texnologiyalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |