Mavzu 7. Interfaol taʻlim metodlari va ulardan foydalanish
tartibi.
Reja:
1. Shaxsga yo‘naltirilgan taʻlim turlari.
2. Hamkorlik taʻlimiyo‘nalishlari
3. Eng ommaviy interfaolmetodlar.
7.1. Shaxsga yo‘naltirilgan taʻlim turlari.
Zamonaviy sharoitda taʻlim jarayonining barcha imkoniyatlariga ko‘ra shaxsni
rivojlantirish, ijtimoiylashtirish
va unda mustaqil,
tanqidiy,
ijodiy fikrlash
qobiliyatlarini tarbiyalashga yo‘naltirilishi talab qilinmoqda. O‘zida
ana shu
imkoniyatlarni namoyon eta olgan taʻlim shaxsga yo‘naltirilgan taʻlim deb
nomlanadi.
Ushbu taʻlim pedagog va talaba o‘rtasidagi o‘zaro
munosabat hamkorlik va
tanlash erkinligiga asoslanib, talabani qadriyat sifatida eʻtirof etilishini uchun sharoit
yaratadi.
Odatda
shaxsga yo‘naltirilgan
taʻlim
texnologiyalarining
quyidagi
turlari farqlanadi:
1. Modul taʻlim texnologiyalar.
2. Muammoli taʻlim texnologiyalar.
3. Interfaol taʻlim texnologiyalar.
4. Individual taʻlim texnologiyalar.
5. Masofaviy taʻlim texnologiyalar.
6. Kompyuter taʻlim texnologiyalar.
7. Hamkorlik taʻlim texnologiyalar.
8. Loyiha taʻlim texnologiyalar.
9. Dasturiy taʻlim texnologiyalar.
10. Tabaqalashtirilgan taʻlim texnologiyalar.
11. Rivojlantiruvchi taʻlim texnologiyalar.
12. O‘yin texnologiyalari.
13. Gender taʻlim texnologiyalar.
14. Quvvatni tejovchi taʻlim texnologiyalar.
Hamkorlik taʻlimi texnologiyalarining didaktik mohiyati. Zamonaviy
sharoitda hamkorlik taʻlimi, uni tashkil etish o‘ziga xos ahamiyat kasb etmoqda.
Shaxsga yo‘naltirilgan taʻlim – talabaning fikrlash va harakat strategiyasini
inobatga olgan holda uning shaxsi, o‘ziga xos xususiyatlari, qobiliyatini
rivojlantirishga yo‘naltirilgan taʻlim