Mavzu Interfaol taʻlim metodlari va ulardan foydalanish tartibi. Reja


Download 439.55 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/11
Sana26.01.2023
Hajmi439.55 Kb.
#1124790
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
7-Mavzu Interfaol metdolar

Hamkorlik taʻlimi – o‘quv jarayonida talabalarning jamoada, kichik guruh va juftlikda 
bilimlarni birgalikda o‘zlashtirishlari, o‘zaro rivojlanishlari, pedagog- talaba(lar)‖ 
munosabatining hamkorlikda tashkil etilishini ifodalovchi taʻlim bo‘lib, uning asosiy 
g‘oyasi o‘quv topshiriqlarini jamoada, kichik guruhlarda yoki juftlikda birgalikda, 
o‘zaro hamkorlikda bajarish sanaladi 


- hamkorlik va o‘zaro tenglikka asoslangan muhitni yaratish. 
HTTini qo‘llashda talabalar quyidagi shakllarda taʻlim oladilar: 
1) jamoada; 
2) kichik guruhda; 
3) juftlikda 
1- 
variant: Jamoada taʻlim olish. Har bir talabaning yutuqlaridan jamoa 
xabardor bo‘ladi, chunki jamoa har bir talaba tomonidan o‘quv materialining 
muvaffaqiyatli o‘zlashtirilishidan manfaatdor. Zero, jamoaning muvaffaqiyati har 
bir talaba va uning yutug‘iga, jamoa oldiga qo‘yilgan muammoning yechimiga 
bog‘liq. 
variant: Kichik guruhda taʻlim olish. Talabalar 4-5 nafardan bo‘lib, kichik 
guruhlarga birlashib, blok holida berilgan o‘quv materiali ustida ishlaydi. Har bir 
talaba material ustida alohida ishlaydi. So‘ngra bir guruhdagi talabalar boshqa 
guruhlarga 1 nafardan bo‘lib o‘tishadi va o‘zlari o‘rgangan material bo‘yicha ekspert 
sifatida tengdoshlariga maʻlumot bergandan so‘ng o‘z guruhlariga qaytirib, 
tengdoshlaridan o‘zlashtirgan maʻlumotlar bilan o‘z jamoasi aʻzolarini tanishtiradi. 
Bunda sheriklarni diqqat bilan tinglash, zarur maʻlumotlarni o‘z daftarlariga qayd 
etib borish talab qilinadi. Mashg‘ulot so‘nggida o‘qituvchi istalgan talabadan 
o‘rganilgan mavzu bo‘yicha savollarga javob berishini so‘raydi. 
2- 
variant. Juftlikda ishlash. Talabalar juftliklarga bo‘linadi. Har bir juftlik 
yaxlit mavzu bo‘yicha alohida topshiriq oladi. Birgalikda ishlash asosida juftlik 
aʻzolari o‘zlariga berilgan materialni o‘zlashtiradi. So‘ngra bu haqida jamoa oldida 
axborot beradi. 
HTTni qo‘llashda talabalardan quyidagilar talab etiladi: 
- sherigi va guruhdoshlari bilan hamkorlikka erishish; 
- faol ishlash, topshiriqqa nisbatan masʻuliyatli yondashish; 
- sherigi yoki guruhdoshlariga ijobiy munosabatda bo‘lish; 

nafaqat o‘z yutug‘i, balki sherigi va guruhining muvaffaqiyati uchun 
javobgarlikni his qilish; 

juftlikda 
va guruhda ishlash – jiddiy 
va masʻuliyatli
mehnat ekanligini his qilish. 
HTT 
«pedagog-talaba 
hamkorligi 
tamoyiliga 
asoslanib,
quyidagi shakllarda qo‘llaniladi: 
- kichik tadqiqotlarni olib borish; 
- fan bo‘yicha tashkil etiladigan musobaqada ishtirok etish; 
- fan olimpiadalariga tayyorlanish; 
- hamkorlikda loyihalar tayyorlash
- ijodiy hamkorlikda ilmiy maqolalar chop etish; 
- ijodiy hamkorlikda o‘quv manbalarini yaratish. 

Download 439.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling