Mavzu Interfaol taʻlim metodlari va ulardan foydalanish tartibi. Reja


Download 439.55 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/11
Sana26.01.2023
Hajmi439.55 Kb.
#1124790
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
7-Mavzu Interfaol metdolar

“Assesment” inglizcha so‘z bo‘lib, baho, baholash maʻnosini bildiradi. 
Assesment texnologiyasi talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalari darajasini har 
tomonlama, xolis baholash imkoniyatini taʻminlovchi topshiriqlar to‘plami bo‘lib, u 
biografik anketa, taʻlim sohasidagi yutuqlar bayoni, o‘quv individual topshiriq, 
bahs-munozara, intervyu, ijodiy ish, test, individul keys, taqdimot, ekspert kuzatish, 
rolli hamda ishbilarmonlik o‘yinlari kabilardan tashkil topadi. Texnologiya, asosan, 
quyidagi uch maqsadga xizmat qiladi: 
1) 
talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalarini har tomonlama, xolis 
baholash; 
2) talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish imkoniyatlarini 
aniqlash; 
3) talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalarini rivojlantirishga xizmat 


qiladigan istiqbolli reja (maqsadli dastur)ni shakllantirish. 
Mazkur texnologiyaning yaratilish tarixi o‘tgan asrning 30-40- yillariga borib 
taqaladi. Dastlab texnologiya mavjud harbiy vaziyatlarni to‘g‘ri baholay oladigan, 
harbiy harakatlar jarayonini samarali boshqaradigan, zarur o‘rinlarda oqilona 
harakatni tashkil eta oladigan ingliz hamda nemis harbiylari orasidan bilimdon, 
tadbirkor, mahoratli harbiylar, shuningdek, ofitserlarni tanlash maqsadida 
qo‘llanilgan. Keyinchalik ushbu texnologiya tadbirkorlik sohasiga ham samarali 
tatbiq etildi. Texnologiya birinchi marta 1954-yilda «AT&T» kompaniyasi 
tomonidan tadqiqot dasturlarini amalga oshirish doirasida qo‘llanilgan. To‘rt yildan 
so‘ng malakali menejerlarni tanlash maqsadida qo‘llanila boshlangan texnologiya 
negizida tadbirkorlar psixologlar bilan hamkorlikda mazkur texnologiya yordamida 
ishlab chiqarish, savdo, maishiy xizmat ko‘rsatish korxona hamda tashkilotlari 
uchun malakali mutaxassislarni tanlash xizmati – «Assesment-markaz» («The
Assessment Centre”)ni yo‘lga qo‘yildi. 1960 yilda «IBM», «Standart oyl of
Ogayo», 
«Sirs Robaks» kabi yirik amerika kompaniyalari o‘z faoliyatlariga 
texnologiyani samarali tatbiq etdilar. Agarda 1980 yilda 2000 ta firma 
«Assesment-markaz» asosida malakali mutaxassislarni tanlashni maʻqul 
ko‘rgan bo‘lsa, ayni vaqtda bu texnologiya o‘n minglab korxona, tashkilot, firma va 
kompaniyalarda samarali qo‘llanilmoqda.
Ayni vaqtda ishlab chiqaruvchi va savdo kompaniyalar malakali menejerlarni 
tanlash maqsadida mazkur texnologiyandan muvaffaqiyatli foydalanmoqda. 
So‘nggi yillarda mazkur texnologiya taʻlim tizimiga ham samarali joriy etildi. Uning 
yordamida talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalari darajasi har tomonlama
xolis baholanmoqda. 
Ayni vaqtda respublika taʻlim muassasalarida talabalarning bilim, ko‘nikma va 
malakalari kamida to‘rtta topshiriq bo‘yicha baholanmoqda. Masalan: 

Download 439.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling