Mavzu Interfaol taʻlim metodlari va ulardan foydalanish tartibi. Reja


Download 439.55 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/11
Sana26.01.2023
Hajmi439.55 Kb.
#1124790
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
7-Mavzu Interfaol metdolar

Hamkorlik taʻlimiyo‘nalishlari
- taʻlimiy hamkorlikka asoslanuvchi munosabatlarni tashkil etish; 
- talabalarga insonparvarlik g‘oyalari asosida individual yondashish

taʻlim jarayonida kasbiy va maʻnaviy birlikning qaror topishiga erishish. 
7.2 . Hamkorlik taʻlimi texnologiyalari 
 
Hamkorlik taʻlimi texnologiyalari – o‘quv jarayonida talabalarning jamoada, 
kichik guruh va juftlikda bilimlarni birgalikda o‘zlashtirishlari, o‘zaro 
rivojlanishlari, shuningdek, «pedagog-talaba(lar)» munosabatining hamkorlikda 
tashkil etilishini taʻminlovchi taʻlimiy xarakterdagi texnologiyalar. 
HTTning g‘oyalari o‘tgan asrning 80-yillarida J.J.Russo, K.D.Ushinskiy, 
V.A.Suxomlinskiy, A.S.Makarenko va boshqa novator-pedagoglarning qarashlari 
asosida shakllangan. HTT talabalarda intellektual, maʻnaviy- axloqiy va jismoniy 
qobiliyat,qiziqish, motivlarni rivojlantirish 
asosida dunyoqarashni hosil qilish maqsadini ilgari suradi. HTT 
Cooperative learningdan farq qilib, u juftlik va kichik guruhda ishlash orqali 
talabalarning jamoada faoliyat yuritish ko‘nikmalariga ega bo‘lishlarini taʻminlaydi. 
HTTning tarkibiy elementlari: 
15. 
Tayanch konspekt (fizik, matematik va kimyoviy formulalar, tezislar
izohlovchi suratlar, qisqacha xulosalar, ramziy belgilar, sxemalar, grafiklar, 
jadvallar, diagrammalar)dan foydalanish. 
16. 
Bilimlarni test asosida sinovdan o‘tkazish. 
17. 
Talabalarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini baholash. 
HTT tamoyillari: 
- juftlik va kichik guruh aʻzolarining o‘zaro birligi; 

juftlik va kichik guruhda har bir aʻzoning shaxsiy va guruh muvaffaqiyati 
uchun javobgarligi; 

kichik guruhda hamkorlikka asoslangan o‘quv-bilish faoliyatini tashkil 
etish; 
- guruh va jamoa ishining umumiy baholanishi. 
HTTning belgilari: 
- talaba shaxsi, individualligiga eʻtibor qaratish; 

tayyor bilimlarni o‘zlashtirish va ularni qayta ishlab chiqishni inkor qilish; 
- talabalarda mustaqil va tanqidiy tafakkurni rivojlantirish; 

pedagogga va tengdoshlarga nisbatan ijobiy munosabatning yuzaga 
kelishini taʻminlash; 
- talabalarda madaniy muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish; 

Download 439.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling