Информатика
Ma`lumotlarni kiritish va chiqarish
Download 7.16 Mb. Pdf ko'rish
|
informatika Mominov
- Bu sahifa navigatsiya:
- Formatli chiqarish – printf.
Ma`lumotlarni kiritish va chiqarish. Quyidagi funksiyalar dasturda
simvollarni kiritish va chiqarish uchun ishlatiladi. getch(arg) – bitta simvol kiritilishini kutish. Kiritilayotgan simvol monitorda aks etmaydi. Bu funksiyani programma oxirida argumentsiz ishlatilsa, monitorda ma`lumotlarni to klavisha bosilguncha o`qish mumkin bo`ladi. putch(arg)- bitta simvolni standart oqimga chiqarish uchun ishlatiladi. Simvol monitorda aks etmaydi. getchar(arg) – bitta simvol kiritilishini kutish. Kiritilayotgan simvol monitorda aks etadi. Bu funksiyani programma oxirida argumentsiz ishlatilsa, monitorda ma`lumotlarni to klavisha bosilguncha o`qish mumkin bo`ladi. putchar(arg) - bitta simvolni standart oqimga chiqarish uchun ishlatiladi. Simvol monitorda aks etadi. Bu funksiyalar iostream.h modulida joylashgandir. 106-listing. Output: #Include void main() { int c; c=getchar(); putchar(c); c=getch(); putchar(); getch(); } Formatli chiqarish – printf. Printf funksiyasi ko`rsatilgan parametrlarni standart oqimga chiqarish uchun ishlatiladi. Funksiya iostream.h modulida joylashgan bo`lib, umumiy ko`rinishi quyidagichadir: Printf(control,arg1,arg2,…) Control boshqaruvchi qator deb atalib ikki turdagi simvollardan iborat bo`ladi: oddiy chiqariluvchi simvollar va navbatdagi parametrni o`zgartirib chiqaruvchi spetsifikatsiyalar. Har bir spetsifikatsiya % simvolidan boshlanib 273 o`zgartirish turini ko`rsatuvchi simvol bilan tugaydi. % belgisi va o`zgartirish simvoli orasiga qo`yidagi simvollarni qo`yish mumkin. Chiqarilayotgan argument chapga tekislash lozimligini ko`rsatuvchi minus belgisi. Maydon minimal uzunligini ko`rsatuvchi raqamlar qatori. Maydon uzunligini keyingi raqamlar qatoridan ajratuvchi nuqta. Biror qatordan qancha simvol ajratib olish lozimligini hamda float yoki double tipidagi sonlarda nuqtadan keyin qancha kasr raqamlari bosib chiqarilishini ko`rsatuvchi raqamlar ketma-ketligi. Chiqarilayotgan son long tipiga tegishli ekanligini ko`rsatuvchi uzunlik markeri l. O`zgartirish simvollari quyidagilardan iborat. Download 7.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling