Informatika va axborot texnologiyalari fani amalyotchisi Pardayev Abrorbekning


Download 66.09 Kb.
bet24/26
Sana21.06.2023
Hajmi66.09 Kb.
#1642944
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Bog'liq
2- top.10-sinf informatika mavzular bo\'yicha konspekt (2)

I. Tashkiliy qism: 1.Salomlashish.
2.Yo'qlama qilish.
3.Uyga vazifani so'rash.
II. Takrorlash:
1. Rasmga ellips segmenti qanday qilib qo‘yiladi?
2. Rasmga ellips sektori qilib qo‘yiladi?
3. Rasmga bir nechta matn satri kiritadigan ilova yarating.
III. Yangi mavzuni o`rganish. 1. Ranglar palitrasi. Piksellar xossasi yordamida qizil va yashil ranglarni turli ulushda aralashtirishdan hosil bo‘ladigan 65536 ta rangli piksellarni ekranda tasvirlaydigan ilova yaratamiz. Ilovaga Image (256×256) va Button obyektlarini quyidagi rasmda ko‘rsatilgandek joylaymiz. Button tugmasini ikki marta bosib, dastur kodiga quyidagi protsedurani kiritamiz: procedure TForm1.Button1Click(Sender: TObject); var i,j,rang:integer; begin for i:=0 to 255 do for j:=0 to 255 do begin rang:=RGB(i,j,0); Image1.Canvas.Pixels[i,j]:=rang; end; end; Ilovani ishga tushirib, qizil va yashil ranglarning aralashib, sariq rang hosil bo‘lishini ko‘ramiz: Ilovadagi rang:=RGB(i,j,0); operatorini rang:=RGB(i,0,j); ga almashtirib, qizil va ko‘k ranglarning aralashib pushti rang, rang:=RGB(0,i,j); ga almashtirib, yashil va ko‘k ranglarning aralashib havo rang hosil bo‘lishiga amin bo‘lamiz: 150 2. Koptok ilovasi. Timer obyektidan birinchi navbatda animatsion harakat yaratish uchun foydalaniladi. Bu qanday amalga oshirilishini ko‘rish uchun yangi ilova yaratamiz. Unga yetarlicha katta Image obyektini, bittadan Timer, CheckBox va SpinEdit larni joylaymiz. Ilova oynasining Image egallagan qismida koptok harakatlansin. Koptok devorga urilganda orqasiga qaytsin. Uning harakati tezligini SpinEdit dagi qiymat belgilab bersin va u o‘zgarishi bilan koptok tezligi ham o‘zgarsin. CheckBox da bayroqcha o‘rnatilgan bo‘lsa, koptokning harakatlangandagi izi ham ko‘rinib tursin, aks holda faqat koptokning joriy holati ekranga chiqarilsin. Koptokning holati sekundiga 20 marta (50 millisekund interval bilan) yangilab turilsin. CheckBox ning sarlavhasini izi bilan deb o‘zgartiramiz, Checked xossasini rost qilib o‘rnatamiz. SpinEdit ning maksimal qiymatini 10 ga teng qilib olamiz. Timer ning Interval xossasini 50 ga tenglaymiz. Ilovada koptokning joriy holatini saqlash uchun ikkita: x, y; koptok harakatining joriy yo‘nalishini saqlash uchun yana ikkita: dx, dy o‘zgaruvchilar kerak bo‘ladi. Ularni tavsiflovchi operator var x,y,dx,dy:integer; operatorini dastur kodi oynasida var Form1: TForm1; dan keyinga joylaymiz. Bu o‘zgaruvchilarga boshlang‘ich qiymatlar berish uchun Form1 ning boshqa obyektlardan bo‘sh qismini ikki marta bosamiz.
YODDA SAQLANG !
Delphi da 16 milliondan ortiq ranglar bor va ular uchta asosiy rangni turli nisbatda qo‘shish bilan yaratiladi.

Download 66.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling