Informatika va axborot


 Elektron soat va Taymer ilovasi


Download 4.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/93
Sana12.08.2023
Hajmi4.2 Mb.
#1666566
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   93
Bog'liq
10-sinf-informatika

2. Elektron soat va Taymer ilovasi.
Elektron soat ilovasini yaratamiz.
Yangi ilova yaratib, uning sarlavhasini elektron soatga o‘zgartiramiz. Ilova 
oynasiga ikkita obyekt: 
Label
va 
Timer
joylaymiz. 
Label
ning 
Font
(shrift) 
xossasini ikki marta bosib, shrift muloqot oynasida shrift o‘lchamini 24 ga 
teng qilib o‘rnatamiz:


140 
Timer 
obyektini 
ikki 
marta 
bosib, 
uning 
protsedurasiga 
Label1.Caption:=TimeToStr(Now);
operatorini kiritamiz. Bu operatorda 
ikkita standart funksiyadan foydalanilayapti. Ulardan birinchisi 
Now
(hozir) 
bo‘lib, uning qiymati kompyuterning soati bu funksiya ishga tushgandagi 
vaqtiga teng:
Ikkinchi funksiya 
TimeToStr
(
Time to String
) vaqt turidan matn satri 
turiga degan ma’noni anglatadi) bo‘lib, uning qiymati matn satri turida 
bo‘ladi. Bu qiymatni
Label1
obyektining
Caption
xossasiga berish 
mumkin. 
Taymer ilovasi. 
Yangi ilova yaratib, uning oynasiga 
Label

Button

SpinEdit 
va 
Timer 
obyektlarini joylaymiz. 
Label 
va 
Button
sarlavhalarini 
QOLGAN VAQT
: va 
START
larga o‘zgartiramiz. 
SpinEdit
ning xossalarini quyidagicha o‘rnatamiz: 


141 
SpinEdit1.MaxValue:=100; 
SpinEdit1.Value:=30; 
SpinEdit1.Enabled:=False; 
Button
tugmasini 
ikki 
marta 
bosib, 
uning 
protsedurasiga 
Timer1.Enabled:=True;
operatorini kiritamiz. 
Timer
ni ikki marta bosib
TForm1.Timer1Timer
protsedurasiga quyidagi dastur kodini kiritamiz: 
SpinEdit1.Value:=SpinEdit1.Value-1; 
if SpinEdit1.Value=0 then
begin 
Timer1.Enabled:=False; 
ShowMessage('VAQT TUGADI.'); 
Form1.Close; 
end; 
Bu protsedura har safar ishga tushganda, uning birinchi satridagi 
operator 
SpinEdit
ning qiymatini bittaga kamaytiradi. Ikkinchi satrdagi 
operator 
SpinEdit
ning qiymati 0 ga teng bo‘lganligini tekshiradi. Agar 0 
bo‘lsa, to‘rtinchi satrdagi operator taymer ishini to‘xtatadi, beshinchi satrda 
ekranga muloqot darchasini chiqariladi. Bu oyna yopilishi bilan oltinchi 
satrdagi operator ilova oynasini yopadi va ilova o‘z ishini tugatadi.
Ilova ishga tushganda taymerning vaqtini 
SpinEdit
da o‘rnatamiz va 
Start tugmasini bosib, taymerni ishga tushiramiz. Taymerdagi vaqt kamayib 
boradi va u tugashi bilan ekranga muloqot darchasi chiqadi. Uni yopishimiz 
bilan ilova ham o‘z ishini tugatadi. 

Download 4.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling