Informatika va axborot
Download 4.2 Mb. Pdf ko'rish
|
10-sinf-informatika
- Bu sahifa navigatsiya:
- UYGA VAZIFA 1. Qalam obyektining asosiy xossalarini aytib bering. 2. Cho‘tka obyektining qanday xossalari bor 60-DARS. AMALIY MASHG‘ULOT
YODDA SAQLANG !
Canvas elementi ko‘plab obyektlarda mavjud va unda rasm chizish mumkin. 137 SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 1. Grafika bilan ishlash qanday qilib amalga oshiriladi? 2. Image obyekti obyektlar panelining qayerida joylashgan? 3. RGB funksiyasi qanday vazifa bajaradi? 4. Ekranga qizil yashil va qora rangli uchta to‘g‘ri to‘rtburchak chizadigan ilova yarating. 5. Ekranda ko‘k, kumushrang va sariq rangli uchta ellips chizadigan ilova yarating. UYGA VAZIFA 1. Qalam obyektining asosiy xossalarini aytib bering. 2. Cho‘tka obyektining qanday xossalari bor? 60-DARS. AMALIY MASHG‘ULOT 1. Quyidagi grafik vazifalarni bajaruvchi ilovalarni yarating. 1.1. Ekranga ichma-ich joylashgan 10 ta to‘g‘ri to‘rtburchak chiqaradigan ilova yarating. 1.2. Ekranga ichma-ich joylashgan va chap quyi burchagi o‘zgarmaydigan 12 ta kvadrat chiqaradigan ilova yarating. 1.3. Ekranga ichma-ich joylashgan va 10 ta to‘g‘ri burchakli uchburchak chiqaradigan ilova yarating. 1.4. Ekranga ichma-ich joylashgan 15 ta va markazlari bir nuqtada bo‘lgan 15 ta aylana chiqaradigan ilova yarating. 1.5. Ekranga ichma ich joylashgan va markazlari bir nuqtada bo‘lgan 8 ta ellips chiqaradigan ilova yarating. 1.6. Ekranga ichma ich joylashgan va turli ranglarda chizilgan 5 ta to‘g‘ri to‘rtburchak chiqaradigan ilova yarating. 1.7. Ekranga ichma-ich joylashgan va turli qalinlikdagi chiziqlar bilan chizilgan 5 ta aylana chiqaradigan ilova yarating. 1.8. Ekranga turli usuldagi chiziqlar bilan chizilgan 5 ta ellips chizadigan ilova yarating. 1.9. Ekranga ichma-ich joylashgan va o‘ng yuqori burchagi o‘zgarmaydigan 11 ta to‘g‘ri to‘rtburchak chiqaradigan ilova yarating. 138 1.10. Ekranga ichma-ich joylashgan va eng yuqori nuqtasi umumiy bo‘lgan 9 ta aylana chiqaradigan ilova yarating. 1.11. Ekranga ichma-ich joylashgan va eng chap nuqtasi umumiy bo‘lgan 8 ta ellips chiqaradigan ilova yarating. 1.12. Ekranga ichma-ich joylashgan va chap yuqori burchagi o‘zgarmaydigan 13 ta to‘g‘ri to‘rtburchak chiqaradigan ilova yarating. 1.13. Ekranga ichma-ich joylashgan va eng quyi nuqtasi umumiy bo‘lgan 7 ta aylana chiqaradigan ilova yarating. 1.14. Ekranga ichma-ich joylashgan va eng o‘ng nuqtasi umumiy bo‘lgan 14 ta ellips chiqaradigan ilova yarating. 1.15. Ekranga ichma-ich joylashgan va o‘ng quyi burchagi o‘zgarmaydigan 16 ta kvadrat chiqaradigan ilova yarating. 2. Yangi ilova yarating va unga grafik shakllar degan nom bering. 2.1. Unga bitta boshqarish tugmasi va uchta radiotugmalar guruhini joylang. 2.2. Birinchi radio tugmalar guruhi ekranga qanday shakl chizilishini aniqlash uchun xizmat qilsin. Mumkin bo‘lgan variantlar kvadrat, to‘g‘ri to‘rtburchak, aylana va ellips. 2.3. Ikkinchi radiotugmalar guruhi shakllar qaysi tomondan tekislanishini belgilab bersin. Mumkin bo‘lgan variantlar: o‘rtadan, chapdan, o‘ngdan, tepadan, pastdan, chap yuqori, chap quyi, o‘ng yuqori, o‘ng quyi burchaklar. 2.4. Uchinchi radiotugmalar guruhi chiziqlarning rangini aniqlab bersin. Mumkin bo‘lgan variantlar: qizil, yashil, ko‘k, sariq, pushti, havorang va qora. 2.5. Boshqarish tugmasi bosilganda tanlangan geometrik shakl, tanlangan rangda, tanlangan tekislash usulida ichma-ich joylashgan holda ekranga chiqarilsin. Download 4.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling