Informatika va axborot
Download 4.2 Mb. Pdf ko'rish
|
10-sinf-informatika
- Bu sahifa navigatsiya:
- YODDA SAQLANG !
- 59-DARS. DELPHI DA GRAFIKA BILAN ISHLASH 1. Delphining grafik imkoniyatlari.
58-DARS. NAZORAT ISHI
Quyida nazorat ishi varianti namunalari keltirilgan: 1-variant 1. CheckBox obyekti va uning asosiy xossalari. 2. Memo obyektiga matn satrlarini kiritish. 3. Dastlabki 10 toq sonni ekranga chiqaradigan ilova yarating. 2-variant 1. RadioGroup obyekti va uning asosiy xossalari. 2. Memo obyektining ReadOnly xossasi. 3. Dastlabki 15 juft sonni ekranga chiqaradigan ilova yarating. 3-variant 1. ListBox obyekti va uning asosiy xossalari. 2. Memo obyektining Text xossasi. 3. Dastlabki 8 ta 7 ga karrali sonni ekranga chiqaradigan ilova yarating. YODDA SAQLANG ! Memo obyektida bir necha ming satr matn joylashishi mumkin. 132 4-variant 1. ComboBox obyekti va uning asosiy xossalari. 2. Memo obyektining Lines xossasi. 3. Dastlabki 12 ta 5 ga karrali sonni ekranga chiqaradigan ilova yarating. 59-DARS. DELPHI DA GRAFIKA BILAN ISHLASH 1. Delphining grafik imkoniyatlari. Delphi da grafika bilan ishlash uchun keng imkoniyatlar yaratilgan. Bir qator obyektlarning Canvas (polotno, sirt) degan xossasi bo‘lib, uning o‘zi obyekt hisoblanadi. Uning xossa va usullaridan foydalanib, bu obyekt egallagan joyda turli shakllarni chizish mumkin. Masalan, ilova oynasida to‘g‘ri to‘rtburchak chizish uchun Form1.Canvas.Rectangle(10, 20, 200, 100); operatoridan foydalanamiz. Listbox1.Canvas.Ellips(0, 10, 60, 50); esa ListBox1 da yarim o‘qlari 30 va 20 ga teng bo‘lgan hamda uchlari (0, 10) va (60, 50) nuqtalarda joylashgan to‘g‘ri to‘rtburchakka ichki joylashgan ellips chizadi. Bu shakllarni ekranda ko‘rish uchun yangi ilova yaratamiz. Unga Button va ListBox obyektini joylaymiz. Button1 tugmasini ikki marta bosib, kursor turgan joyga yuqoridagi ikkita operatorni kiritamiz: Form1.Canvas.Rectangle(10, 20, 200, 100); ListBox1.Canvas.Ellips(0, 10, 60, 50); Ilovani ishga tushirib, undagi tugmani bossak, ekranda to‘rtburchak va ellips paydo bo‘ladi. quyidagi rasmdan ham ko‘rinib turibdi-ki, sanoq sistemasining boshi sifatida obyektning chap yuqori burchagi olingan. Dastlab gorizontal, so‘ng vertikal o‘qlardagi koordinatalar ko‘rsatiladi: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling