"informatsion texnologiyalar" kafedrasi


Avtomatlashtirilgan axborot tizimining hayotiy sikli


Download 1.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/140
Sana10.11.2023
Hajmi1.92 Mb.
#1763052
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   140
Bog'liq
axborottizimlari

Avtomatlashtirilgan axborot tizimining hayotiy sikli 
 Avtomatlashtirilgan axborot tizimini yaratish, rivojlantirish mohiyati vaqtga nisbatan «hayotiy 
sikl» kabi iqtisodiy kategoriyani aks ettiradi. Ya’ni, uning yaratilishi to undan foydalanishni 
to‘xtatishgacha bo‘lgan oraliqdagi hayot siklini anglatadi. AAT ning hayot siklida quyidagi bosqichlar 
ajralib turadi: 
Loyiha oldi bosqichi (rejalashtirish va talablar tahliliy-tizimli tahlil). Mavjud boshqaruv tizimini, 
birinchi galda axborot tizimini tadqiq va tahlil etish, yaratiladigan AAT ga nisbatan qo‘yiladigan 
talablarni belgilash, texnik-iqtisodiy asos (TIA) va texnik vazifalarni AAT ishlab chiqishda 
rasmiylashtirish. 
Texnik loyihalashtirish (mantiqiy loyihalashtirish). Ta’riflangan talablarga muvofiq 
avtomatlashtiriladigan funksiyalar tarkibini (funksional arxitektura) va ta’minlovchi kenja tizim 
tarkibini (tizimli arxitektura) ishlab chiqish, AAT ning texnik loyihasini rasmiylashtirish. 
Qo‘llanma loyihalashtirish (jismoniy loyihalashtirish). Dasturlarni ishlab chiqish va tizim, 
ma’lumotlarni qayta ishlashning texnologik jarayonini ishlab chiqish, xodimlar uchun qo‘llanma 
yo‘riqnomalarni yaratish, qo‘llanma loyihani rasmiylashtirish. 
Tadbiq etish (testlash, tajriba Ekspluatatsiyasi). AAT kenja tizimlarini kompleks tuzatish, xodimni 
o‘qitish, AAT ni bosqichma-bosqich joriy etish, Ekspluatatsiyaga topshirish. 
Ekspluatatsiya (kuzatib qo‘yish, modernizatsiyalashtirish). Kundalik Ekspluatatsiya, dasturiy va 
texnik vositalar, shuningdek butun loyihani kuzatib borish, AAT ning ishi to‘g‘risida statistik 
ma’lumotlar yig‘ish, xato va kamchiliklarni to‘g‘rilash, AATni modernizatsiyalashga nisbatan talablarni 
rasmiylashtirish va uni bajarish. 
Axborot tizimining hayotiy sikli interaktiv mazmun kasb etadi: hayotiy siklning amalga oshirilgan 
bosqichlari vaqti-vaqti bilan yangi talablar va tashqi muhitgacha o‘zgarishlarga muvofiq qaytarilib 
turiladi. Hayot siklining har bir bosqichi va pallasida navbatdagi qarorlar uchun asos sanaluvchi texnik 
qarorlar va hujjatlar to‘plami shakllanadi. 

Download 1.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling