"informatsion texnologiyalar" kafedrasi


Download 1.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/140
Sana10.11.2023
Hajmi1.92 Mb.
#1763052
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   140
Bog'liq
axborottizimlari

 
 
1-rasm. Boshqaruv darajalariga mos ravishda axborot tizimlari turlari. 
Rasmdagi piramida asosini operativ boshqaruv bo‘g‘iniga xos bajaruvchi (ijrochi) xodimlar (mutaxassislar, 
operatorlar, muhandislar) ma’lumotlarni operativ qayta ishlashga yo‘naltirilgan axborot tizimlari tashkil etishi ko‘rinib 
turibdi. Piramidaning eng yuqori qismida boshqaruvning yuqori pog‘onasida faoliyat ko‘rsatadigan menejerlar 
tomonidan qaror qabul qilishni qo‘llab-quvvatlashda foydalaniladigan axborot tizimlari roli strategik ahamiyat kasb etishi 
ko‘rsatilgan. 
8. Operativ bo‘g‘in axborot t izimlari 
Operativ bo‘g‘in axborot tizimi ijrochi-mutaxassislarni ular faoliyatidagi bitimlar va hodisalar (hisoblar, 
buyurtmalar, maosh, kredit, xom-ashyo va materiallar oqimi) haqidagi ma’lumotlarni qayta ishlash asosida qo‘llab-
quvvatlaydi. 
Ushbu bo‘g‘in axborot tizimining vazifasi – firmadagi bitimlar oqimini kuzatish va joriy holat bo‘yicha 
so‘rovlarga javob olish. Bunday vazifani bajarish uchun axborot tizimi ochiq va qulay bo‘lishi bilan birga aniq va 
ishonchli axborotni yetkazib berishi kerak. 
Operativ bo‘g‘indagi masala, vazifalar va ularda foydalaniladigan axborot manbalari oldindan 
strukturalashtirilgan. Masalani yechish ishlab chiqilgan algoritm asosida yaratilgan dasturlar bo‘yicha amalga oshiriladi. 
Operativ bo‘g‘in axborot tizimi firma bilan tashqi muhitni bog‘lovchi zveno hisoblanadi. Agar tizim 
yomon ishlasa, tashkilot tashqi muhitdan axborot ololmaydi yoki kerakli axborotni yetkazib berolmaydi. Undan 
tashqari axborot tizimi tashkilotning boshqa turdagi axborot tizimlari uchun kerakli axborotni yetkazib beradi, chunki 
uning tarkibida operativ axborotlar, arxiv ma’lumotlari saqlanadi.
Bunday axborot tizimini hisobga olmaslik qaytarib bo‘lmaydigan salbiy holatlarga olib keladi. 
Operativ boshqaruv pog‘onasiga tegishli axborot tizimlari: 
buxgalteriya; 
bank depozitlari; 
buyurtmalarni qayta ishlash; 
aviabiletlarni qayd qilish va realizatsiya qilish; 
oylik maoshlarni hisoblash va boshqalar. 


21 

Download 1.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling