"informatsion texnologiyalar" kafedrasi


O‘rta bo‘g‘in boshqaruvining axborot tizimlari


Download 1.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/140
Sana10.11.2023
Hajmi1.92 Mb.
#1763052
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   140
Bog'liq
axborottizimlari

 O‘rta bo‘g‘in boshqaruvining axborot tizimlari 
O‘rta bo‘g‘in boshqaruvining axborot tizimlari menejerlar tomonidan monitoring (jarayonlarni 
doimiy kuzatib borish), nazorat, qaror qabul qilish va boshqarish uchun foydalaniladi. Bunday 
tizimlarning asosiy vazifalari quyidagilar: 
joriy ko‘rsatkichlarni o‘tgan davr ko‘rsatkichlari bilan taqqoslash; 
operativ bo‘g‘indagi joriy vaqt hisobotlaridan farqli ravishda muayyan vaqt oralig‘i uchun davriy 
hisobotlarni tayyorlash; 
arxiv ma’lumotlariga murojaatlarni ta’minlash va shu kabilar. 
Ba’zi axborot tizimlari notrivial yechimlar olishni ta’minlaydilar. Axborot ta’minotiga bo‘lgan 
talablar qat’iy bo‘lmagan hollarda ular “agar .... bo‘lsa, u holda ...” savoliga javob bera oladilar. 
Ushbu boshqaruv bo‘g‘inida ikki turdagi axborot tizimlarini ajratish mumkin: boshqaruv axborot 
tizimlari (menejment uchun) va qaror qabul qilishni qo‘llab quvvatlovchi axborot tizimlari. 
B o s h q a r u v a x b o r o t t i z i m l a r i unchalik keng bo‘lmagan analitik imkoniyatlarga ega. 
Ular kundalik, haftalik holat bo‘yicha axborotlarga ehtiyoj sezuvchi boshqaruvchilarga xizmat 
ko‘rsatadilar. Ularning asosiy vazifalari firmadagi kundalik operatsiyalarga doir ma’lumotlarni kuzatish 
va ular asosida qat’iy strukturalashtirilgan umumlashtirilgan hisobotlarni shakllantirishdir. Bunda 
kerakli axborotlar operatsion bo‘g‘in axborot tizimlaridan olinadi. 
Boshqaruv axborot tizimlarining tavsiflari: 
operatsiyalarni nazorat qilish darajasida strukturalashtirilgan va qisman strukturalashtirilgan masalalar 
uchun qaror qabul qilishni qo‘llab-quvvatlashda foydalaniladilar; 
operativ vaziyatdan kelib chiqqan holda nazorat, hisobot va qaror qabul qilishga yo‘naltirilgan; 
tashkilot ichidagi axborot oqimlari va mavjud bo‘lgan ma’lumotlarga asoslanadilar; 
kam analitik imkoniyatlarga va noegiluvchan strukturaga ega. 


22 
Qarorlar qabul qilishni qo‘llab -quvvatlovchi tizimlar natijalarini oldindan bashoratlash 
mushkul bo‘lgan qisman strukturalashtirilgan masalalar uchun xizmat qiladilar. Ular o‘zlarining bir necha 
modellari bilan keng analitik imkoniyatlarga egalar. Axborotlarni boshqaruv va operatsion bo‘g‘in axborot 
tizimlaridan oladilar. Bunday tizimlardan qaror qabul qilish masalalari bilan shug‘ullanuvchi menejerlar
mutaxassislar, analitiklar va boshqalar foydalanadilar. Masalan, texnik jihoz va uskunalarni sotib olgan ma’qulmi 
yoki ijaraga olgan ma’qulmi qabilidagi masalalar uchun qo‘l keladilar. 
Qaror qabul qilishni qo‘llab-quvvatlovchi tizimlarning tavsiflari:
bashoratlash qiyin bo‘lgan muammolar yechimlarini olishni ta’minlaydilar; 
modellashtirish va tahlil qilishning murakkab uskunaviy vositalari bilan qurollanganlar, masalaning 
qo‘yilishiga va berilgan ma’lumotlar parametrlariga o‘zgartirishlar kiritish asosida mos yechimlar olish 
imkoniyatini yaratib beradilar; 
kun davomida turli xil sharoitlar bo‘yicha mos parametrlar asosida yechimlar olish va qulaylikka ega 
bo‘lishilari bilan farqlanadilar; 
maksimal darajada foydalanuvchi ehtiyojlariga javob beruvchi texnologiyalga egadirlar. 

Download 1.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling