"informatsion texnologiyalar" kafedrasi


Download 1.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/140
Sana10.11.2023
Hajmi1.92 Mb.
#1763052
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   140
Bog'liq
axborottizimlari

1. Bashoratlash — bu tashqi muhitning yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan holatini, boshqariladigan 
obyektning o‘zini tutishini aniqlash maqsadida ma’lumotlarni qayta ishlash hamda ular har birining 
ehtimolligini baholashdan iborat. 
2. Rejalashtirish — bu tizimning kelajakdagi orzu qilingan holatini ishlab chiqish (rejali modelini 
ishlab chiqish) va ushbu holatga erishish uchun mablag‘larni taqsimlashga nisbatan qarorlar qabul 
qilishdan iborat. Rejalashtirish maqsad va mezonlarni tanlashni o‘z ichiga oladi. Shu maqsad va 
mezonga nisbatan boshqaruv samaradorligi baholanadi. 
3. Dasturlash rejasini amalga oshirish, ya’ni tizim faoliyatining algoritmini ishlab chiqish uchun 


16 
boshqariladigan harakatlar ketma-ketligi hamda o‘zaro aloqasini bayon etuvchi dasturlarni ishlab 
chiqishdan iborat. 
4. Tashkil etish — mustahkam (bardoshli) obyektlar yoki jarayonlar tuzilmasini o‘zgartirishi yoki 
ko‘rishdan, ya’ni ma’lum bir holatlarida boshqariladigan obyektlar faoliyatini reglamentlashtirishda 
foydalaniladigan u yoki bu qoida, protsedura, usul, algoritmlarini belgilash yoki o‘zgartirish demakdir. 
5. Me’yorlashtirish — tizimning xususiyatlarini ifodalovchi statistik ma’lumotlarni doimiy 
ravishda yig‘ish va ular asosida tizimning bir me’yorda faoliyat ko‘rsatishini ta’minlab turish. 
6. Hisobga olish boshqariladigan obyekt va tashqi muhit parametrlari majmuini qayd etishdan 
iborat. U yana keladigan ma’lumotlarni dastlab qayta ishlash, jumladan, tasniflash, guruhlash va hokazo 
arifmetik hamda mantiqiy operatsiyalarni o‘z ichiga oladi. 
7. Nazorat qilish — boshqariladigan obyektlarning me’yorida ishlashidan chalg‘ishi to‘g‘risidagi 
ma’lumotlar mazmunini aniqlashdan iborat. 
8. Boshqarish — tasodifiy ta’sirlar sababli tizim ishining me’yoriy rejasidan chetlashishini 
bartaraf etash maqsadida qaror qabul qilish, ya’ni qayta aloqa asosida tuzatish, olinadigan samaraning 
sifat va miqdor o‘lchovlari o‘zgarishiga ko‘ra boshqariluvchi obyektga ta’sir ko‘rsatishidir. 

Download 1.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling