"informatsion texnologiyalar" kafedrasi


Download 1.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/140
Sana10.11.2023
Hajmi1.92 Mb.
#1763052
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   140
Bog'liq
axborottizimlari

boshdaruv tizimi sifatida belgilanadi. 
Boshqariladigan obyekt kirish oqimlarini (masalan, xom-ashyo, materiallar) chiqish 
mahsulotlariga (tayyor mahsulot) aylantirish bo‘yicha operatsiyalar yig‘indisini bajaradi. 
Boshqaruvchi qism oldiga qo‘yilgan maqsadga erishish jarayonida boshqariluvchi obyektni 
tashkil etish uchun zarur bo‘lgan operatsiyalar yig‘indisini bajaradi. 
Axborot konturi. Boshqaruvchi qism boshqariluvchi jarayonga muayyan ta’sir ko‘rsatadi. 
Boshqaruvchi qism boshqaruvni amalga oshirishi uchun unga boshqariladigan jarayonni boshqarish 
maqsadida aniq holatini qiyoslash talab etiladi, chunki shu bois boshqariladigan jarayon boshqaruvchi 
qismga ta’sir ko‘rsatadi. Ikkala qismning bir-biriga o‘zaro ta’siri axborotni uzatish shaklida amalga 
oshiriladi. Shu tariqa boshqaruv tizimida doimo yopiq axborot konturi mavjud bo‘ladi. 
Boshqarish tizimining ishlashi. Boshqarish tizimining ishlashi axborot bazasida, oldiga 
qo‘yilgan maqsadga muvofiq holda boshqariladigan obyekt, uning kirish va chiqishlari holati bo‘yicha 
amalga oshiriladi. Obyektni boshqarish boshqaruvchi ta’sirni uzatish yo‘li bilan amalga oshiriladi . 
Tashqi muhit bilan aloqa tizimi strelka bilan ko‘rsatilgan . Boshqarishning asosiy tamoyili — teskari 
aloqa tamoyilidir (yopiq sikl bo‘yicha boshqarish). 
Boshqarish jarayoni muayyan maqsadga erishishga yo‘naltirilgan. Shundan kelib chiqib 
boshqarish jarayonini boshqariladigan obyektdagi jarayonga muvofiq keluvchi maqsad va hajm 
o‘rtasidagi farqni kamaytirishga intilish sifatida ko‘rib chiqish mumkin. 
Boshqarish tizimining ishlashi tasodifiy yoki muttasil ta’sirlar manbai bo‘lgan tashqi muhit bilan 


14 
o‘zaro ta’sir sharoitlarida ro‘y beradi, ular boshqarish obyekti chiqishida ham, boshqaruv jarayoni 
kechishida ham kamchilik chiqarishi mumkin. Boshqarish jarayonida to‘g‘ri va teskari aloqa kanallari 
bo‘yicha tizimning boshqaruvchi va boshqariluvchi qismlari o‘rtasida axborot almashinuvi kechadi. 
Oldiga qo‘yilgan maqsadlarni bajarish uchun tizimning boshqaruvchi qismi boshqariluvchi obyektga 
axborot uzatishning to‘g‘ri kanali bo‘yicha boshqaruvchi ta’sirlar jo‘natadi. Teskari aloqa kanali 
bo‘yicha boshqariluvchi obyektdan boshqarish jarayoni holati va boshqaruvchi ta’sir bajarilishi natijalari 
haqida axborot kelib tushadi. 
Tizimning boshqaruvchi qismi kirishida keladigan axborot ta’sir ko‘rsatadi. U boshqarish 
obyektidan (masalan, xom-ashyo, materiallar keltirilganligi haqidagi ma’lumotlar) tashqaridan hamda 
ichkaridan olingan ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. 
Ko‘rilganlardan kelib chiqilsa, boshqarish mohiyatini boshqariluvchi obyektga boshqaruvchi ta’sir 
ko‘rinishida yetkaziluvchi qarorlar qabul qilish uchun barcha kelib tushuvchi axborotni tizimning 
boshqariluvchi qismida qayta ishlash, deb izohlash mumkin. 

Download 1.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling