"informatsion texnologiyalar" kafedrasi


Iqtisodiy obyekt tizim sifatida, boshqarish tizimi


Download 1.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/140
Sana10.11.2023
Hajmi1.92 Mb.
#1763052
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   140
Bog'liq
axborottizimlari

 
Iqtisodiy obyekt tizim sifatida, boshqarish tizimi 
Ishlab chiqarish va iqtisodiy obyektlarning mavjudligi jamiyatning u yoki bu ehtiyojlarini 
qondirish bilan belgilanadi. Har bir bunday obyekt o‘zgaruvchan muhit (davlat boshqaruv organlari, 
boshqa obyektlar) bilan muayyan munosabatlarda bo‘ladi va o‘zaro ta’sirning mavjudligini hamda o‘z 
vazifasining bajarilishini ta’minlaydigan ko‘plab turli elementlardan tashkil topadi. 
Ma’ruzada bundan keyin, hajm, mulkchilik shakli, tashkiliy-huquqiy maqomidan qat’iy nazar, 
istalgan obyekt 
tashkilot deb yuritiladi. 
Tashkilot — bu yon-atrofdan zahiralar oladigan va ularni o‘z faoliyati mahsulotlariga 
aylantiradigan barqaror rasmiy ijtimoiy tuzilmadir. Barcha tashkilotlarda bir qator umumiy xususiyatlar, 
shuningdek ko‘plab individual o‘ziga xosliklar mavjud. 
Tashkilotning muhit bilan o‘zaro ta’siri natijasida turli xil o‘zgarishlar yuz beradi. Bu o‘zgarishlar 
bir-biriga o‘ta qarama-qarshi ikki shaklga ega bo‘lishi mumkin. Bular: degradatsiya (tashkilotning 
murakkablashuvi, axborotning jamlanishi), ya’ni tashkilotning yemirilishi hamda rivojlanishi. Bundan 
tashqari, tashkilot va muhit o‘rtasida vaqtinchalik muvozanat ham bo‘lishi mumkin, shu tufayli tashkilot 
bir qancha muddat o‘zgarmay qoladi yoki faqat teskari o‘zgarishlarga uchraydi. Tashkilotda bu 
o‘zgarishlar boshqarish zaruriyatini yuzaga keltiradi. Boshqacha qilib aytganda, maqsadga yo‘naltirilgan 
ta’sir ko‘rsatadi. 
Boshqarish — bu o‘ta muhim funksiya, usiz hech bir tashkilot maqsadga yo‘naltirilgan faoliyat 
yurita olmaydi. Boshqarishning maqsadi raqobat kurashida omon qolish, ko‘proq foyda olish, muayyan 
bozorlarga chiqish va hokazolardir. 
Boshqarish muayyan bir tashkilotning o‘ziga xos faoliyatiga bog‘liq holda maqsadlarni 
barqarorlashtirish, sifat belgilarini, muhit bilan iqtisodiy muvozanatni saqlash, takomillashtirish va 
samaradorlikka erishishni ta’minlashga yo‘naltirilgan jarayondir. 
Boshqarishni amalga oshirish alohida vazifa sanaladi. Uni bajarish uchun tashkilotning ayrim 
elementlari ixtisoslashadi. Shu bois ham tashkilot doirasida boshqariladigan jarayon (boshqarish 
obyekti) va boshqaruvchi qism (boshqaruv organi)ni ajratib ko‘rsatish mumkin. Ularning yig‘indisi 

Download 1.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling