"informatsion texnologiyalar" kafedrasi


Axborot-ma’lumotnoma tizimi


Download 1.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/140
Sana10.11.2023
Hajmi1.92 Mb.
#1763052
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   140
Bog'liq
axborottizimlari

2. Axborot-ma’lumotnoma tizimi (AMT) ko‘p jihatdan foydalanuvchilar so‘roviga binoan 
iqtisodiy, texnik yoki texnologik mazmundagi axborotni berish, yig‘ish va saqlashga mo‘ljallangan. 
Aytish mumkinki, axborot-ma’lumotnoma tizimi raqamli yoki matnli konkretlashtirilgan ma’lumotlar 
bilan ishlashga qaratilgan. So‘rovning turiga va shakliga ko‘ra natijani qanday taqdim etishni belgilaydi. 
So‘rov natijalari standart ma’lumotnoma shaklida berilishi mumkin yoki foydalanuvchining xohishiga 
ko‘ra uning so‘rovini qayta ishlash davomida ixtiyoriy ko‘rinishda loyihalashtirilishi mumkin. 
3. Matnlarni qayta ishlash axborot tizimi (MKDT) bevosita foydalanuvchiga matnlarni (xat, 
maqola, referat, buyruq va hokazo) tahrir qilish, saqlash va ko‘paytirishga mo‘ljallangan. 
4. 
 Ma’lumotlarni qayta ishlash tizimi (MQIT) EHMdagi hisob-kitoblarning 
formallashgan algoritmlari bo‘yicha ma’lumotlarni hisoblashga mo‘ljallangan. Mazkur 
tizim ijodiy jarayonlarni emas, axborotlarni qayta ishlash jarayonlarini (hisob, hisobot, 
muhandislik-texnik hisob-kitoblari va hokazo) avtomatlashtirishga yo‘naltirilgan. 
5. 
 Maslahat beruvchi axborot tizimi (MBAT) avtomatlashtirilgan rejimda EHMda 
ma’lum bir holatlarda tashkiliy yoki texnik mazmundagi qarorlarning ayrim variantlarini 
tuzib beradi. Bu tavsiyalar qaror qabul qiluvchi shaxs ixtiyoriga beriladi. Maslahat 
beruvchi (kengashuvchi) axborot tizimi asosiga real haqiqatga, ya’ni obyektdagi yoki 
boshqaruv tizimidagi jarayonga o‘xshash turli xil matematik modellar joylashtiriladi. 
6. 
 Qarorlar qabul qilish tizimi (QQQT) shunisi bilan ajralib turadiki, EHMda ishlab 
chiqilgan qaror varianti bajarish uchun qabul qilinadi. Ayni paytda ishlab chiqarish tizimi 
(texnologik jarayonlarni boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimi dispetcher boshqaruvi 
tizimi) EHM qabul qilgan qarorlar ijrosini tegishli ijro mexanizmlari orqali avtomatik 
ravishda amalga oshiradi. 

Download 1.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling