"informatsion texnologiyalar" kafedrasi


Adabiyotlar: 1-7, 11-15, 17-19, 38-40, 42-46


Download 1.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/140
Sana10.11.2023
Hajmi1.92 Mb.
#1763052
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   140
Bog'liq
axborottizimlari

 
Adabiyotlar: 1-7, 11-15, 17-19, 38-40, 42-46. 


29 
2-mavzu. Axborot texnologiyalarining tasnifi va vazifalari. 
Reja : 
1. Texnologiyalarning umumnazariy jihatlari. 
2. Axborot texnologiyalari evolyutsiyasi. 
3. Ekspert tizimlari. 
4. Boshqaruv faoliyatida axborot texnologiyalari. 
5. Tadqiqot va loyihalashda axborot texnologiyalari. 
6. Avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalari turlari.
 
Tayanch so‘z va iboralar: 
Texnologiya, jarayon, axborot texnologiyasi, avtomatlashtirish, zamonaviy axborot texnologiyasi,
bosqichlar, operatsiyalar, amallar, kommunikatsiya tizimi, avtomatlashtirilgan axborot texnologiyasi, 
elektron ofis, avtomatlashtirilgan ilmiy tadqiqotlar tizimlari, avtomatlashgan loyihalash tizimi, tarmoqli 
va integrallashgan axborot texnologiyalari, ekspert tizimlari; sun’iy intellekt; bilimlar bazasi; xususiyat; 
interpretator 
1. Texnologiyalarning umumnazariy jihatlari 
 
Texnologiyalar. Texnologiya deganda ma’lum bir maqsadga erishish uchun amalga 
oshiriladigan jarayonlar tizimidan iborat bo‘lgan yaratuvchilik faoliyati tushuniladi. (yunoncha techne - 
hunar, sa’nat, logy- fan).
Jarayon deganda maqsadga erishishga yo‘naltirilgan xatti-harakatlar majmui tushuniladi. Ushbu 
jarayon kishi tomonidan tanlangan strategiya bilan belgilanadi va turli xildagi vositalar, usullar 
yordamida amalga oshiriladi. 
Umumiy hollarda texnologiya deganda, mahsulotni ishlab chiqarish jarayonida amalga 
oshiriladigan xom-ashyo, material yoki yarim tayyor mahsulot shakli, xususiyati, holatining o‘zgarishi, 
uni qayta ishlash, tayyorlash usullarining majmui tushuniladi. Bu biror bir ishni yuqori darajada 
uddalash deganidir. 
Axborot texnologiyalari to‘g‘risida gap ketganda, material sifatida ham, mahsulot sifatida ham 
axborot ishtirok etadi. Biroq bu obyekt, jarayon yoki hodisa to‘g‘risidagi sifat jihatidan yangi ma’lumot 
bo‘ladi. Texnologiya xodimning axborot bilan ishlash usuli va uslubi hamda texnik vositalar orqali 
namoyon bo‘ladi. 
Sanoat ishlab chiqarishida har qanday texnologiya mahsulotni yaratishning boshidan oxirigacha 
bo‘lgan texnologik jarayonni qamrab oluvchi tarkibiy elementlari majmuining bayonini ifodalaydi. 
Tarkibiy elementlar (texnologik operatsiyalar) ikki asosiy omil bilan aniqlanadi: birinchidan, mazkur 
texnologik jarayon asosiga nisbatan sifatli uslublar va tamoyillar orqali, ikkinchidan, mahsulotni 
tayyorlashning oxirgi jarayonidagi texnologik operatsiyani bajarish uchun jalb etish mumkin bo‘lgan 
asbob-uskuna vositalari orqali. 
Uslublar ayrim mahsulotlarni olishning tamoyilial imkoniyatini tavsiflab beradi. Ularning asosini 
inson tomonidan o‘rganilgan (balki to‘liq emas) tabiiy (fizik, kimiyoviy, biologik) jarayonlar yoki 
mazkur soha mutaxassislarining ilmiy izlanishlari natijasida to‘plangan tajribani aks ettiruvchi ayrim 
qonuniyatlar tashkil etishi mumkin. Odatda muayyan bir texnologiya usullar va tamoyillarni belgilovchi 
butun majmuaga tayanadi. Bu majmua elementlarining ahamiyati ham turlicha. Ulardan biri ishlab 
chiqarishning texnik jihatlarini, ikkinchisi ishning iqtisodiy tomonini, boshqa biri tashkiliy tuzilmani 
belgilaydi. 
Uslublar va tamoyillarning turlicha roli ularning texnologiya tuzilmasiga nisbatan ta’siri har xil 
bo‘lishini keltirib chiqaradi. Ba’zan ayrim uslub yoki tamoyillarning ishlab chiqarishga nisbatan ta’siri 
hisobga olinmasligi mumkin. 
Uslub va tamoyillar ishlab chiqarishning oxirgi jarayonidagi mahsulotni olishni belgilab beradi. 
Ushbu mahsulotni olishga erishish uchun, ishni kim va qanday bajarish davomiyligi aniq belgilangan 
bo‘ladi. Mahsulotni yaratish jarayonida turli xil ishni amalga oshirish uchun foydalanilishi mumkin 
bo‘lgan asbob-uskuna vositalari texnologiya tarkibi uchun alohida ahamiyat kasb etadi. Asbob-uskuna 
vositalarining mavjudligi (yoki bo‘lmasligi) tayyor mahsulot ko‘rinishida natijalar olish uchun zarur 
bo‘lgan 
texnologik 
operatsiyalar 
ro‘yxatini belgilaydi. Agar uni yaratish bo‘yicha belgilangan 


30 
barcha funksiyalar amalga oshirilsa (asbob-uskuna vositalari yordamida yoki ularni qo‘llamasdan), 
amalda o‘sha buyumni olish texnologiyasini ishlab chiqish mumkin. Aksincha, ayrim funksiyalar 
bajarilmasa yoki mavjud asbob-uskunalar bilan uni bajarish o‘ta murakkab bo‘lsa, u holda tegishli 
operatsiyani bajara oladigan asbob-uskunalarni yaratish vazifasi qo‘yiladi yoki bunday texnologiyani 
yaratish imkoniyati yo‘qligi haqida qaror qabul qilinadi. Moddiy ishlab chiqarish texnologiyasi deganda 
tayyorlash, qayta ishlash vositalari va usullari orqali belgilanadigan xom ashyo, material holati, 
xususiyati va shaklining o‘zgarish jarayoni tushuniladi. Texnologiya moddiy mahsulot olish maqsadida 
materialning sifati yoki boshlang‘ich holatini o‘zgartiradi. 

Download 1.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling