"informatsion texnologiyalar" kafedrasi


Axborot texnologiyalari vositalari va uskunalari


Download 1.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/140
Sana10.11.2023
Hajmi1.92 Mb.
#1763052
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   140
Bog'liq
axborottizimlari

Axborot texnologiyalari vositalari va uskunalari 
Moddiy ishlab chiqarishda texnologik jarayonlar dastgohlar, qurilmalar, asboblar, konveyer 
liniyalari kabi texnik vositalar yordamida amalga oshiriladi. 
Xuddi shunga o‘xshash axborot texnologiyalarida ham o‘ziga xos apparat, dasturiy va 
matematik ta’minot asosida texnologik jarayonlar amalga oshiriladi. Ular yordamida 
birlamchi axborotlar qayta ishlanib, sifat jihatidan o‘zgartirilgan axborotlar –hisobotlar 
hosil qilinadi. Axborot texnologiyalarining apparat ta’minoti – kompyuterlar, periferiya va 
yordamchi qurilmalar, aloqa-kommunikatsiya vositalari. Dasturiy ta’minot – muayyan 
turdagi kompyuterlarda qo‘yilgan maqsadga erishish imkonini beruvchi, texnologik 
jarayonlarda ishlatiluvchi bir yoki yoki bir necha o‘zaro bog‘langan dasturiy mahsullardir.
Shaxsiy kompyuter uchun yaratilgan matn muharriri, jadval protsessori, ma’lumotlar bazalarini 
boshqarish tizimlari, nashriyot tizimlari, elektron kalendarlar, funksional axborot tizimlari (moliyaviy, 
buxgalteriya, marketing va shu kabilar) dasturlari, ekspert tizimlari dasturlari dasturiy ta’minotga misol 
bo‘la oladilar.
Axborot texnologiyalarining axborot tizimlaridan farq
Axborot texnologiyalari axborot tizimlari bilan uzviy bog‘liqdirlar. Sababi, axborot tizimlari 
axborot texnologiyalari uchun asosiy muhit hisoblanadi. Axborot tizimi bilan axborot texnologiyasi 
tushunchalariga berilgan ta’riflarda qandaydir o‘xshashlik jihatlar ko‘zga tashlanadi. Aslida esa unday 
emas. 
Axborot texnologiyasi kompyuter xotirasida saqlanayotgan turli xil murakkablikdagi axborotlar 
ustidagi amallarni qat’iy qoidalar asosida bajarish jarayonidir. Axborot texnologiyasining asosiy 
maqsadi – birlamchi axborotlarni maqsadga yo‘naltirilgan amallar bajarish asosida foydalanuvchi 
ehtiyojini qondiradigan, zarur axborot olishdir. 
Axborot tizimi kompyuterlar, kompyuter tarmoqlari, dasturiy mahsullar, ma’lumotlar bazalari
odamlar, turli xildagi texnik va dasturiy vositalar va shu kabi tashkil etuvchilardan iborat muhitdir. 
Axborot tizimining asosiy maqsadi axborotlarni saqlash, qayta ishlash va uzatishni tashkil etishdir. 
Axborot tizimi axborotlarni qayta ishlashning inson-kompyuter tizimidir. 
Axborot tizimi funksiyalarini unga mos bo‘lgan axborot texnologiyalariga oid bilimlarsiz tatbiq 
etish mumkin emas. Axborot texnologiyasi axborot tizimi muhitidan tashqarida ham mavjud bo‘lishi 
mumkin. 
Axborot texnologiyasi boshqa texnologiyalar kabi quyidagi talablarga javob berishi kerak: 
• axborotni qayta ishlash jarayonini yuqori darajada bosqichlar, operatsiyalar, amallarga ajralishini 
ta’minlashi; 
• maqsadga erishish uchun zarur bo‘lgan elementlar to‘plamini o‘z ichiga olishi; 
• muntazam xarakterga ega bo‘lishi kerak. Bosqichlar, amallar, operatsiyalar axborot jarayonlarini 
unumli boshqarishda standartlashtirilishi va unifikatsiya qilinishi mumkin.

Download 1.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling