"informatsion texnologiyalar" kafedrasi


Avtomatlashtirish qachon zarur bo‘ladi?


Download 1.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/140
Sana10.11.2023
Hajmi1.92 Mb.
#1763052
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   140
Bog'liq
axborottizimlari

 
Avtomatlashtirish qachon zarur bo‘ladi? Quyidagi hollarda boshqaruvni avtomatlashtirish
demak, axborot tizimini, texnologiyani avtomatlashtirish zarur bo‘ladi: 
•insonning fiziologik va psixologik imkoniyati mazkur jarayonni boshqarish uchun yetarli 
bo‘lmasa; 
•boshqaruv tizimi inson hayoti va salomatligi uchun xavfli muhitda bo‘lsa; 
•boshqaruv jarayonida ishtirok etish kishidan o‘ta yuqori malakani talab etsa; 
•boshqarish kerak bo‘lgan jarayon o‘ta tang yoki avariya holatida bo‘lsa. 
Zamonaviy axborot texnologiyalari 
Hozirgi zamon jamiyatida axborotlarni qayta ishlashning asosiy texnik vositasi sifatida texnologik 
jarayonlarni yaratish va ulardan foydalanish konsepsiyasiga hamda qayta ishlash natijalarining sifati, 
ishonchligiga yetarli darajada ta’sir ko‘rsatgan shaxsiy kompyuter ishlatiladi. Shaxsiy kompyuterning 
axborotlashtirish jarayoniga tatbiq etilishi va telekommunikatsion vositalardan aloqa vositalari sifatida 
foydalanish axborot texnologiyalari rivojlanishining yangi bosqichiga yo‘l ochib berdi. Buning 
natijasida axborot texnologiyasi atamasi “zamonaviy” bilan birgalikda “zamonaviy axborot 


31 
texnologiyasi”, “zamonaviy kompyuter texnologiyasi” yoki “yangi axborot texnologiyasi” kabi iboralar 
shakllandi.
“Zamonaviy” so‘zi bunday texnologiyaning evolyutsion emas, balki novatorlik (yangilik) tavsifga 
ega ekanligini ko‘rsatadi. Zamonaviy axborot texnologiyasi tushunchasiga axborotlarni uzatishni 
ta’minlovchi kommunikatsion texnologiyalari, ya’ni telefon, telegraf, telekommunikatsiya, faks va 
boshqa shu kabi qurilmalar ham kiradi. Zamonaviy axborot texnologiyasi – shaxsiy kompyuterdan keng 
foydalanishga, foydalanuvchilarning (dasturlash bo‘yicha mutaxassis bo‘lmaganlar) axborot jarayonida 
faol ishtirokiga, «do‘stona» foydalanuvchi interfeysining yuqori darajada bo‘lishiga, umumiy va 
muammo mazmunidagi amaliy dasturlar paketidan keng foydalanishga, EHM hisoblash tarmoqlari 
tufayli ma’lumotlarning uzoqdagi bazalariga kirib borish imkoniyatiga asoslangan texnologiyalardir. 
Zamonaviy axborot texnologiyalarining uchta asosiy tamoyillari quyidagilar: 
• kompyuter bilan interaktiv (muloqot) rejimida ishlash
• boshqa dasturiy mahsullar bilan integratsiyalashuvning mavjudligi (birlashtirish, o‘zaro 
bog‘liqlik); 
• qo‘yilgan masala va berilgan ma’lumotlarni o‘zgartirish jarayonining qulayligi. 

Download 1.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling