Ingenerlik geodeziyasi
Download 4.35 Mb. Pdf ko'rish
|
Ingenerlik geodeziyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.1.2. Injenerlik geoeziyasi fanining tarixi
- Abu Rayhon Beruniy (973 - 1048
Kosmik geoeziyasi - yerning sun`iy yuldoshdan turib, yer shaklini aniqlash va
uning sirti suratini olish usullarini o`rganuvchi fandir. Xalk xo`jaligidagi xar-hil masalalarni echish maqsadida yer sirtidagi o`lchashlar, ular natijalarini ishlab chiqish, plan, karta va profillar tuzish orqali yerning sirti uning shakli hamda o`lchamlari o`rganib chiqiladi. Shuning uchun Injenerlik geoeziyasi fanining vazifalari qo`yidagilarni tashkil qiladi: 1. Maxsus geodezik asboblar yordamida yer sirtida o`lchashlarni bajarish usullarini o`rganish. 2. O`lchash natijalarini zamonaviy texnik vositalari va EXM yordamida ishlab chiqish usullarini o`rganish. 3. Grafik chizmalar (karta, plan va profil) ni tuzish va rasmiylashtirish usullarini o`rganish. 4. Turli injenerli masalalarni echishda o`lchash natijalari va grafik chizmalarni qo`llash. 1.1.2. Injenerlik geoeziyasi fanining tarixi Ma`lumki, Injenerlik geoeziyasi xam boshqa fanlar kabi xayotiy talablar asosida vujudga kelgan va ishlab chiqarish kuchlarining taraqqiy etishi bilan tobora rivojlanib borgan. Inson qadimdan o`zi yashagan joyni hayot talabiga ko`ra har tomonlama bilishga qiziqqan va o`rgangan. Injenerlik geoeziyasi tarixi ham shunday boshlanadi. Arxeologlarning aniqlashicha, Qadimiy Misr, Mesopotamiya, Xindiston, Xitoy, Grestiya, O`rta Osiyo va boshqa mamlakatlar xalqlari o`z ehtiyojlari uchun dehqonchilik qilish va sug`orish kanallarini kazish, turli bino va inshootlarni qurish, ekin maydonlarini o`zaro taqsimlash kabi masalalarni echishda geodezik o`lchashlardan foydalanilgan. 6 Masalan, miloddan 4000 yil ilgari Misrdagi Nil daryosi havzasida yernio`lchash ishlari olib borilgan. Nil daryosini Qizil dengiz bilan qo`shish maqsadida kanal qurilishi miloddan VI asr ilgarigi vaqitga taalluqlidir. U vaqtlarda s`yomkaning bazi bir usullarigina ma`lum edi. Yunonistonlik olim olim Eratosfen miloddan 230 yil ilgari yersharining o`lchamlarini aniklagan va Injenerlik geoeziyasidan maxsus kitob yozib, meridianlar va parallellar ko`rsatilgan karta tuzgan. Ptolomey tomonidan proekstiyalash usullari joriy qilinib, Evropa va Osiyo kartalarini tuzishda ulardan foydalanilgan. Miloddan 7 - 6 asr ilgari xozirgi Iroq janubida yashagan xoldeylar yernishar deb faraz qilib, uning radiusi R uzunligini hisoblab chiqdilar. Miloddan 6 asr ilgariroq Pifagor yerni shar shaklida deb aytganligi fanga ma`lum. IX asrda Arabistonda madaniyat ancha taraqqiy etib, Bag`dodda „Hikmat uyi“ nomli ilmiy markaz tuzildi. Unda O`rta Osiyolik „Er surati“ nomli asar muallifi algebra fanining asoschisi Al-Xorazmiy xamda AlFarg`oniy, Al-Marvoziy, Al-Marvarudiy kabi olimlar ham ishladi. Xalifa Xorun Al-Rashid o`g`li Al-Ma`mun farmoyishiga binoan, 827 yili „Xikmat uyi“ a`zolaridan ikkita ekspedistiya tuzildi. yero`lchamlarida bo`lgan tafovutni bartaraf qilish uchun ularga „gadus o`lchash usuli“ ni ishlatib, yero`lchamlarini aniqlash ishi topshirildi. Ular meridianning bir gradus yoy uzunligini o`lchab, ishni 56,0 milya (110,5 km) va 56,66 milya (111,82 km) natija bilan yakunladilar va hisoblashlar uchun 111,82 km natija olindi Injenerlik geoeziyasi fani matematika, astronomiya, elektronika, geografiya, geomorfologiya gidrogeologiya va boshqa fanlar bilan chambarchas bog`liq. Horazmlik ulug` olim Abu Rayhon Beruniy (973 - 1048 yy.) o`z hayotida yozgan 150 ta asaridan 40 tasini geoeziya faniga bag`ishlab, boy va qimmatli ma`lumotlar qoldirgan. Beruniy hisobi bo`yicha yer radiusi 6339,58 km bo`lib, hozirgi vaqtda ishlatilayotgan (Krasovskiy ellipsoidi) qiymat- 6371,11 km dan farqi atiga 31,5 km ni tashkil qiladi. Download 4.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling