Ingenerlik geodeziyasi


Download 4.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/81
Sana18.11.2023
Hajmi4.35 Mb.
#1785691
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   81
Bog'liq
Ingenerlik geodeziyasi

3.4.3. Asbobni o`rnatish
Tenglashdan keyin batareyani o`rnatishda asbob qiyshayishining oldini olish 
maqsadida, batareyani asbobni o`rnatish boshlangunga qadar o`rnating.
1. Asbob barqaror bo`lishi uchun shtativ oyoqchalarini keng oching.


9
2
2. Shtativni bevosita stanstiya nuqtasi ustiga joylashtiring. Shtativ 
holatini tekshirish uchun shtativ maydonchasining markaziy darchasi orqali 
qarab ko`ring.
3. Shtativ oyoqchalarini yerga yaxshilab bosing.
4. Shtativ maydochasining tepa tekisligini gorizontal holda qo`ying.
5. Shtativ oyoqchalaridagi siqib qo`yiladigan vintlarni mahkamlab 
burang.
6. Instrumentni shtativ maydonchasiga qo`ying.
7. Shtativning o`rnatgich vintini instrument tregerining markaziy 
darchasiga joylashtiring.
8. Shtativning o`rnatgich vintini mahkamlab burang.
  
3.4.4. Markazlashtirish va yustirovkalash
1. Instrument shtativga o`rnatilgandan so`ng, optik stentrir orqali qarab 
ko`ring va iplarni stanstiya nuqtasiga muvofiq keltiring. Buning uchun vizir iplarining 
markaziy markasi stanstiya nuqtasining tasviri ustida aniq turmaguncha ko`tarma 
vintlarni aylantiring.
2. Shtativ platformasini bir qo`l bilan ushlab turguningizcha, shtativ 
oyoqchalaridagi siqib qo`yiladigan vintlarni bo`shashtiring va havo pufakchasi doiraviy 
adilakning markazida bo`lmaguncha oyoqchalarning uzunligini sozlang.
3. Shtativ oyoqchalaridagi siqib qo`yiladigan vintlarni mahkamlab burang.
4. Instrumentni sath bo`yicha o`rnatish uchun stilindrik adilakdan foydalaning. 
Optik stentrir orqali qarab ko`ring va stanstiya nuqtasining tasviri vizir iplarining 
markaziy markasida turganligiga ishonch hosil qiling.


9
3
A vint V vint
S vint
Gorizontal doiraning siqib qo`yiladigan vintini 
bo`shashtiring.
Instrumentni 
shunday 
aylantirib 
qo`yingki, 
stilindrik adilakning o`qi ikkita ko`tarma vintga (V 
va S) parallel holga kelsin. Pufakchani nol punktga 
siljitish uchun V va S ko`tarma vintlardan 
foydalaning.
A vint V vint
S vint
Alidadani taxminan 90° ga aylantiring. A ko`tarma 
vintdan foydalanib, pufakchani nol punktga 
siljiting.
Pufakchani ikkala holatda markazga keltirish uchun yuqorida ko`rsatilgan 
amallarni takrorlang.
O`rnatgich vintni bir muncha bo`shashtiring. Optik stentrir orqali qarang va 
stanstiya nuqtasi vizir iplari kesishuvining aniq markazida bo`lmaguncha asbobni 
uchoyoq bo`yicha siljiting. O`rnatgich vintni yana mahkamlab burang. Pufakchaning 
yassi sathda stentrirlanganligini yana bir bor tekshiring.

Download 4.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling