Ingenerlik geodeziyasi
Ko`rish trubasini ko`zga va narsaga to`g`rilash
Download 4.35 Mb. Pdf ko'rish
|
Ingenerlik geodeziyasi
3.5.2. Ko`rish trubasini ko`zga va narsaga to`g`rilash.
Ko`zga to`g`rilash. Ko`rish trubasini ishlashdan oldin ko`zga to`g`rilash kerak. Kuzatuvchi trubani osmonga yoki ochiq devorga qaratganda to`r iplari ravshan va qoramtir bo`lib ko`rinmay, xira ko`rinsa, buni yaxshilash uchun okulyar trubkachasi 3 (54-rasm) iplar yaqqol ko`ringuncha o`ng yoki chapga buraladi. Bu prostess trubani ko`zga to`g`rilash deyiladi. Yangi asboblarda okulyar trubkasi maxsus halqasimon moslamaga o`rnatiladi, bu moslama yordamida buralib ko`zga to`g`rilanadi; bu dioptriya halqa deyiladi. Trubani narsaga to`g`rilash. Kuzatiladigan narsa asbobga nisbatan turli uzoqlikda bo`ladi, shunga ko`ra, uning tasviri fokusga yaqin bo`lmaganidan narsa tasviri xira ko`rinadi. Tasvirni ravshan qilish uchun kremaler vint 6 yoki ichki fokuslanadigan yangi asboblarda trubadagi kremaler halqa tasvir tiniq va ravshan bo`lguncha buraladi. Bu prostess trubani narsaga to`g`rilash yoki trubani fokuslash deyiladi. Truba har nuqtaga qaratilganda fokuslanishi kerak. Trubani fokuslashda quyidagiga e`tibor berish lozim. Agar kuzatilgan narsa uzoqda bo`lsa, kremaler vint trubkasini (vintini) chapga (soat strelkasi yurishiga teskari), yaqinda bo`lsa, o`ngga (soat strelkasi yurishi tomoniga) burash kerak. 9 9 53-rasm. Iplar to`rining parallaksi Iplar to`rining parallaksi. Truba to`g`ri fokuslanmasa, iplar to`ri parallaksi vujudga keladi. To`g`ri fokuslanganda tasvir qq 1 iplar to`ri tekisligi RR 1 da (fokal tekislikda) hosil bo`ladi. Parallaks borligini bilish uchun okulyar oldida ko`z g o`ng yoki chapga, yuqori yoki pastga (g 1 va g 2 nuqtaga) harakat qildiriladi; shu vaqt tasvir qq 1 nuqta t da o`zgarmay tursa (53-rasm, a) to`g`ri fokuslangan bo`ladi. Agar fokuslash etarli darajada to`g`ri bo`lmasa, tasvir iplar to`ri oldida (53-rasm, b) yoki orqasida (53rasm, v) hosil bo`ladi. Bu hodisa iplar to`rining parallaksi deyiladi. Buni yo`qotish uchun kremaler vintini bir oz burash, ya`ni to`g`ri fokuslash kerak. Ichki fokuslanadigal truba. Tashqi fokuslanadigan trubalarni fokuslashda okulyar tirsagi ob`ektiv tirsagida tashqi tishlar (zubchatka) yordamida harakat qiladi, bunda truba uzunligi o`zgaradi va havodagi chang-tuzon va namlik ta`sirida tishlar kirlanishi va zanglashi mumkin, 54-rasm. Ichki fokuslanadigan ko`rish trubasi L—ob`ektiv, L 3 —murakkab okulyar, L 2 —fokuslash linzasi, V 1 V 2 —to`rning tuzatgich vintlari, 00 1 —optikaviy o`q; 1—ob`ektivli tirsak, 2—patrubka, 3—iplar to`ri, 4—okulyar trubkachasi, 5—kremaler vint, 6—diafragma, 7—okulyar tirsagi, 8—okulyar va ob`ektiv tirsaklar birlashgan joyi, t—to`r markazi. Download 4.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling