Ingenerlik geodeziyasi
Download 4.35 Mb. Pdf ko'rish
|
Ingenerlik geodeziyasi
3.5.3. Teodolit turlari.
Teodolitlar bo`laklarining bir-biriga bo`lgan munosabatiga qarab oddiy, takroriy va buriladigan limbli bo`ladi. Teodolit limbi aylanmasa, oddiy, aylansa— 1 0 takroriy bo`ladi. Takroriy teodolitda limb va alidada aylanganidan, har qaysisining o`ziga xos siquvchi va qaratish vintlari bo`ladi. Buriladigan gorizontal doirali teodolitda siquvchi va qaratish vintlari bo`lmaydi. Gorizontal doira aylanish o`qidagi maxsus barabancha yordamida buriladi. Teodolitlar metall limbli va shisha limbli bo`ladi. Limbi shishadan ishlangan teodolitga optik teodolit deyiladi. GOST 10529—79 bo`yicha metall limbli teodolitlar chiqarilmaydi. Teodolitlar burchak o`lchashdagi aniqligiga qarab bir necha turga bo`linadi. Burchakni bir priyom bilan o`lchashdagi o`rta kvadratik xato qiymatiga qarab shifrlanadi. Masalan, burchakni bir priyom bilan o`lchashdagi xato 30'' bo`lsa, teodolit shifri T30 kabi yoziladi, ya`ni «teodolit» so`zidan T harfi va aniqligi yoziladi. GOST ga ko`ra optikaviy teodolitlar uch gruppaga bo`linadi va quyidagi shifr bilan chiqariladi: 1. eng aniq teodolitlar—gorizontal burchak o`lchashda o`rta kvadratik xatosi 1,0"; shifri T1; 2. aniq teodolitlar—xatosi ±2" dan ±7" gacha, shifri T2 va T5; 3. texnik teodolitlar—aniqligi ±15" dan ±30" gacha, shifri T15 va T30. Bular bilan bir qatorda, o`quv teodoliti nomi bilan, to`g`ri tasvirli T60 shifrli teodolit ham chiqariladi. Bu teodolitlar bilan birga ularning takomillashtirilgani ham chiqariladi. Chunonchi, marksheydrlik ishlarida qo`llaniladigan T15M va T30M shifrli teodolitlar; T5K, T15K va T30K shifrli, kompensator o`rnatilgan teodolitlar; T1A, T2A, T5A shifrli, ko`rish trubasi avtokollimastion okulyarli teodolitlar; T15K va T60 kabi to`g`ri tasvir beruvchi yertrubali teodolitlar shifriga «P» harfi qo`shib yoziladi, masalan, T5KP teodolita. GOST 10529—79 ga ko`ra, T1, T2, T6, T15, T30 teodolitlarining astronomik trubalilari bilan bir qatorda yertrubalilarini ham chiqarish mo`ljallanadi. Modifikastiyaning tartib nomeri shifr oldiga yoziladi; masalan, 2T5A kabi. GOST ga binoan, T1 va T2 da sanoq limb diametrining ikki uchidan olinishi kerak. T1, T2 va T5 larda qidiruvchi doira o`rnatiladi. T15 va T5 lar adilagi reversion qilib ishlanadi. 1 0 Hozirgi texnik teodolitlarda vertikal doira va iplar to`rida dalnomer iplari o`rnatilgan; ular vertikal burchak va masofani o`lchash uchun ishlatiladi va teodolit- taxeometr deb ataladi. Ba`zi teodolit trubalari ustiga maxsus moslama yordamida qo`yma adilak o`rnatilgan, bu bilan ko`rish o`qi gorizontal holga keltiriladi. Bunday teodolit yordamida nivelirlash ham mumkin. Metall limbli teodolit TT-5 (teodolit-taxeometr) ko`proq tarqalganidan hozir ishlatiladi. Teodolitlarning dalnomer koeffistienta K=100 0,54 ga teng. Download 4.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling