Ingliz tili grammatikasini mustaqil o’rganuvchilar uchun ingliz tili fanidan grammatika o’quv qo’llanmasi


qoida->to be fe’lini qo’yishda kishilik olmoshiga binoan o’zgaradi


Download 82.47 Kb.
bet3/30
Sana05.01.2022
Hajmi82.47 Kb.
#231688
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Bog'liq
Open English

qoida->to be fe’lini qo’yishda kishilik olmoshiga binoan o’zgaradi.

I – ya’ni men uchun faqat am ishlatiladi.

You – ya’ni sen, siz, sizlar uchun are ishlatiladi

We – ya’ni biz uchun are ishlatiladi

They – ya’ni ular uchun are ishlatiladi

He – ya’ni u uchun is ishlatamiz

She - ya’ni u uchun is ishlatamiz

It - ya’ni u uchun is ishlatamiz

Shunday ekan kim uchun qaysi to be ni ishlatishni adashtirib qo’ymang!

Oddiy qilib aytganda birlik uchun is men uchun am va ko’plik va faqat sen va siz uchun are ni ishlatamiz.

Ingliz tilinio’rganishda yana bir eng muhim jihat mavjud. Inglizcha gaplar tuzishda har doim nima o’zgarishiyu nima o’zgarmasligini aniq bilib olishimiz kerak.

I + am + adjectives

You + are + adjectives

We + are + adjectives

They + are + adjectives

He + is + adjectives

She + is + adjectives

It + is + adjectives

Etibor bergan bo’lsangiz har birida adj o’zgarmaydi faqat subject va unga mos to be o’zgaradi.

Sizdan yagona talab bu sifatlarni yod olishdir. Qolgani juda oddiy.

Masalan: siz good – yaxshi sifatini bilasiz va u yordamida gaplar tuzamiz.

I am good, you are good, we are good, they are good, he is good, she is good, it is good. Ko’rib turganingizdek good ni o’zgartirmay faqat to be va egani almashtiramiz.

Topshiriq: iloji boricha kundalik hayotimizda ishlatiladigan sifatlardan ko’proq yod oling va keyin huddi yuqoridagi kabi har biri bilan gaplar tuzing.


Download 82.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling