To be + S + adj?
To be + S + noun?
To be + S + prep + place?
Aslida bu juda oddiy darak gaplarda AV ega S dan keyin, savolda esa oldin qo’yiladi. Masalan: darak - you are happy. So’roq – are you happy?
Beshinchi dars – inkor gaplar tuzish
Agar siz yuqoridagi ikkita darsni yaxshi o’zlashtirgan bo’lsangiz o’ylaymanki ushbu darsni o’rganishingizda qiyinchiliklarga duch kelmaysiz. Avval aytilganidek ingliz tilida gapirish uchun umumiy qoidalarni yaxshilab mazmunini tushunib olsangiz keyingi darslarni osonroq o’zlashtira olasiz.
Demak bir eslab olsak. Eng asosiy qoidalar –zamonlarni o’zlashtirishda nima o’zgarishi va nima o’zgarmasligini aniq bilib olish kerak, ikkinchidan – barcha turdagi zamonlarni o’rganishda aniq tartib asosida o’rganish kerak ya’ni zamonni 4 ta muhim tarafini to’liq o’rganish kerak. 1-ishlatilishi, 2-formulasi va yordamchi fe’li, 3-istisnosi (agar bo’lsa), 4-signal so’zlari. Uchinchidan – darak gapdagi yordamchi fe’lni egadan oldinga olib chiqish bilan so’roq gaplar tuziladi.
Bugungi darsda esa qanday qilib inkor gaplar tuzish haqida.
Do'stlaringiz bilan baham: |