Uchunchi dars – zamonlar, ularning shakllari
Avvalgi ikkita darslardan keyin sizda narsalarni tasvirlash va kimning narsasi qanaqaligini aytishni o’rgandingiz. Ushbu darsda esa huddi shu gaplarni so’roq shaklini tuzamiz. Ingliz tilida savol tuzish uchun aniq bir qoida mavjud va o’sha qoida barcha zamonlar uchun birday ishlaydi. Agar siz o’sha qoidani zo’r o’rganib olsangiz hohlagan turdagi zamonda savol tuza oladigan bo’lasiz.
Barcha tillardagi kabi ingliz tilida ham zamonlar bor. Ko’p hollarda siz ingliz tilini zamonlari ko’p degan gaplarni eshitasiz. Kimdir 18 ta yana kimdir 24 ta zamon bor deyishadi. Ushbu kitobda esa siz ingliz tilini atigi 3 ta zamoni mavjudligi va har bir zamonni 7 tadanshaklini o’rganamiz. Demak ingliz tilida uchta zamonva ularning yettitadan shaklimavjud degan g’oya asosidao’rganamiz. Demak boshladik.
Bunan tashqari har bir zamonni o’rganishni o’z qonun qoidasi mavjud. Ushbu kitob orqali siz ingliz tili zamonlarini aniq bir tartib bo’yicha o’rganishingiz mumkin bo’ladi.
Qoida -> ingliz tilida ixtiyoriy zamonni o’rganish uchun ushbu zamonni 4 ta muhim tarafini o’rganish kifoya. Bular: 1) ishlatilishi – ushbu zamonni o’rganishni nima keragi bor va uni qayerda ishlata olaman yoki u yordamida qanday gaplarni tuza olaman degan savollarga javob beradi. 2) formulasi va Yordamchi fe’li –ushbu zamonda gap bo’laklari qanday joylashtiriladi va gap turiga qarab (savol, inkor, darak) formula qanday o’zgarishi. 3) istisnosi – agar bo’lsa ya’ni ushbu zamonning ehtiyot bo’ladigan joyi, qandaydir qoidalarga bo’ysunmasligi shu kabilar. 4) signal so’zlari –bizga faqat zamonni aniqlashda yordam beradi.
Ushbu qoidaga binoan zamonni o’rganish foydali tarafi shuki agar siz biror zamonni qachon ishlatilishi va gaplar qanday tuzilishini bilsangiz va albatta birortasi shu zamonda so’zlaganda undagi maxsus signal so’zlar yordamida qaysi zamonda gapirayotganini aniqlay olsangiz siz suhbatdoshingiz bilan bemalol muomalaga kirisha olasiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |