Ingliz tili grammatikasini mustaqil o’rganuvchilar uchun ingliz tili fanidan grammatika o’quv qo’llanmasi


Download 82.47 Kb.
bet8/30
Sana05.01.2022
Hajmi82.47 Kb.
#231688
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   30
Bog'liq
Open English

Present situation

1-ishlatilishi.

Present situation – hozirgi vaqtdagi narsalarni qanaqaligini, holatini va vaziyatini bundan tashqari nima ekanligini aytishda ishlatiladi.

izoh: Atrofga qarang nimani qanday ko’ryapsiz va ular qanday holatda ya’ni rangi qanaqa?,hajmi qanaqa?, yoki o’zi u narsa nima? U qayerda? Shularni hammasiga javob berish uchun biz odatda narsalarni tasvirlaymiz va buning uchun sifatlardan va otlardan foydalanamiz.

Masalan: mashina yangi, uy chiroyli, kitob foydali, men talabaman, u uyda, v.k

2-formulasi va yordamchi fe’li

S + to be + adj

S + to be + noun

S + to be + prep + place

Izoh: birinchi darsda S va to be adj haqida o’rgandik, shuning uchun hozir noun – ot va prep + place formulalarini o’rganasiz. Noun – ot ya’ni kim? Nima? Savoliga javob bo’ladigan so’zlar qisqa qilib aytganda narsalar va odamlar va barcha obyektlar. Ikknchi formulada to be fe’lidan keyin noun kelyapti yani bu formula yordamida siz biror narsani nima ekani yoki biror insonni kim ekanini aytishingiz mumkin. Masalan: 1) itis a book, 2) she is a teacher. Birinchi gapda a book – kitobyani uni nimaligini anglatyapti. Ikkinchi gapdagi a teacher – o’qituvchi esa uni o’qituvchi ekanini anglatyapti.

Ana endi uchinchi formula haqida. Prep bu preposition – oldko’makchi oddiyroq qilib tushuntirsam o’zbek tilidagi qo’shimchalarga to’g’ri keladi. Place – joynomi esa odatda bina yoki joyni nomi bo’ladi. Masalan: I am in Tashkentushbu gapda in – da degani Tashkent esa joy nomi.

Yordamchi fe’l – o’zi nima funksiyani bajaradi va uni o’rganishdan bizga nima naf? Yordamchi fe’l – auxiliary verb (AV)–faqat bitta funksiya bajaradi. Biz AV bilan savol va inkor gaplar tuzamiz. Qanday qilib?

Qoida - > ingliz tilida savol tuzish uchun odatda yordamchife’lni egadan oldinga qo’yiladi.

Masalan: present situationni yordamchi fe’li bu – to be. Shuning uchun savol gaplar tuzishda to be ni egadan oldinga qo’yamiz.


Download 82.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling