Qoida - > ingliz tilida inkor gaplar tuzish uchun yordamchi fe’ldan keyin not so’zini qo’yamiz.
Formula:
S + to be + not + adj
S + to be + not + noun
S + to be + not + prep + place
Izoh: ko’rib turganingiz kabi present situation misolida yordamchi fe’l bu to be va undan keyin not keladi.
Eslatma: not yuklamasi faqat yordamchi fe’ldan keyin keladi boshqa joyga qo’yilsa xato bo’ladi. Shuning uchun not ni albatta yordamchi fe’ldan keyin qo’ying va ular orasiga hech qanday so’z qo’ymang.
Misollar: I am not stupid –men ahmoq emasman – ushbu gapda ham not – emas inkor yuklamasi am yordamchi fe’lidan keyin kelyapti. 2) she is not a doctor – u shifokor emas - ushbu gapda ham huddi shu holat. 3) they are not at home –ular uyda emas.
Ushbu darsdan so’ng siz agar sifatlarni yaxshi o’zlashtirsangiz, atrofingizdagi juda ko’p narsalarni qiyinchiliksiz ta’riflay olasiz.
Ingliz tilini o’rganishni hohlar ekansiz juda muhim bir narsani bilishingiz lozim. Bizning ingliz tilini o’rganishimizda ikkita muhim narsaga ega bo’lishimiz kerak – 1 –english memory –inglizcha hotira, 2 –english knowledge –inglizcha bilim.
English memory ga erishish uchun afsuski bizda yetarlicha sharoit yo’q. ya’ni inglizcha hotiraga ega bo’lish uchun bizni o’rab turgan muhit inglizcha bo’lsihi kerak ya’ni siz ko’chada o’qishga yoki ishga ketayotganingizda atrifdagilar inglizcha gaplashishi yoki uyda hamma televizor va radio kanallari inglizcha bo’lishi xattoki bolalarni inglizcha yig’isini eshitishingiz kerak. Ko’rinib turibdiki buni iloji yo’q chunki bizda o’zbekona shart – sharoitlar va muhitda ulg’aydik va bizda faqat o’zbekcha hotira mavjud. Lekin siz ingliz tilini o’rganishga astoydil kirishgan ekansiz albatta o’zingiz uchun inglizcha muhit yaratishga harakat qiling. Qanday qilib? Xonangizdagi narsalarni inglizcha nomini toping va stiker ga yozib ularga yopishtirib qo’ying. Narsalarni inglizcha nomini aytishga odatlaning. Agar siz chindan hoxlasangiz bu unchalik qiyin emas shu paytgacha o’zbekcha hotiraga ega bo’lib keldingiz endi bundan buyog’iga inglizcha hotiraga ham ega bo’lishga harakat qiling.
Do'stlaringiz bilan baham: |