Ingliz tili grammatikasini mustaqil o’rganuvchilar uchun ingliz tili fanidan grammatika o’quv qo’llanmasi
Download 82.47 Kb.
|
Open English
S + to be + Ving
Izoh: avval ko’rganimizdek S bu subject ya’ni gapning egasi. To be – fe’li hozirgi zamon uchun am, is va are va Ving – esa verb – fe’l ga ing yuklamasi qishilishidir. Fe’l bu – narsa va shaxsning harakatini ifodalashda ishlatiladi. Ya’ni fe’l bu ish-harakat. Yordamchi fe’l –to be – ya’ni am, is, are. Shunday ekan savol va inkori quyidagicha. To be + S + Ving S + to be + not + Ving To’liqroq qilib yozadigan bo’lsak.
Istisnosi haqida Navbat bu zamonni ehtiyot bolish kerak bo’lgan joyiga keldi. Present continuosni istisnosi bu stative verbs – stativ fe’llar. Juda ko’pchilik stativ fe’llarga ing yuklamasi qo’shilmaydi deb hisoblaysi. Bu ham to’g’ri lekin buni ozgina to’ldirish kerak stative fe’llar hech qachon CONTINUOuS zamon shaklida ishlatilmaydi. Stative fe’llar quyidagilar. Stative fe’llar quyidagi bo’limlarga bo’linadi. Communication – aloqa: 1) agree – rozi bo’lmoq 2) deny – rad etmoq 3) disagree –qarshi chiqmoq Thinking – fikrlash: 1) believe – ishonmoq 2) consider - … deb hisoblamoq 3) doubt – shubxalanmoq 4) expect – umid qilmoq, kutmoq 5) imagine–tasavvur qilmoq 6) know – bilmoq 7) mean–nazarda tutmoq 8) realize–anglamoq 9) suppose–taxmin qilmoq 10) suspect – shubha qilmoq 11) think – fikrlamoq 12) understand – tushunmoq Existence – mavjudlik: 1) be – bo’lmoq 2) exist – mavjud bo’lmoq Emotions –hisiiyotlar: 1) adore - qattiq sevmoq 2) appeal – davat qilmoq 3) appreciate – qadrlamoq 4) desire – istamoq, orzu qilmoq 5) despise – kamsotmoq, xo’rlamoq 6) detest – nafratlanmoq 7) dislike – yomon ko’rmoq 8) envy – hasad qilmoq 9) fear – qo’rqmoq 10) feel – sezmoq, anglamoq 11) forgive – kechirmoq 12) hate – nafratlanmoq 13) like – yoqtirmoq 14) love – sevmoq 15) mind–qarshi bo’lmoq 16) need – muhtoj bo’lmoq 17) pity – achinmoq 18) prefer – afzal ko’rmoq 19) satisfy – mamnun bo’lmoq, qoniqmoq 20) trust – ishonmoq 21) want – hohlamoq 22) wish – sohlamoq, sitamoq Perception – sezish: 1) appear – tuyulmoq, ko’rinmoq 2) hear – eshitmoq 3) look – ko’rinmoq 4) notice – sezmoq 5) recognize – tanimoq 6) resemble – o’xshamoq 7) see – ko’rmoq 8) seem – tuyulmoq 9) smell – hid bilmoq 10) sound – yangramoq 11) taste – tatib ko’rmoq Possessions and relationships between things – narsalarga egalik qilish va ular orasidagi munosabat: 1) belong– tegishli bo’lmoq 2) concern – taalluqli bo’lmoq 3) consist – iborat bo’lmoq 4) contain – o’z ichiga olmoq 5) cost – baholanmoq 6) depend – bog’liq bo’lmoq 7) equal – teng bo’lmoq 8) fit – mos kelmoq 9) have – egaliq qilmoq 10) include – o’z ichiga olmoq 11) involve – o’z ichiga olmoq 12) lack – kam bo’lmoq 13) measure – o’lchamoq 14) owe – qarz bo’lmoq 15) own – egalik qilmoq 16) possess – egalik qilmoq 17) suit – mos kelmoq 18) weigh – og’irlikka ega bo’lmoq Others – boshqalar: 1) deserve – loyiq bo’lmoq 2) matter–muhim bo’lmoq Ushbu fe’llarning juda ko’pi action – ish harakat ma’nosini ifodalab kelganda continuous zamonida kelishi mumkin. Bu fe’llar faqatgina yuqoridagi ma’noda ya’ni state – holat, vaziyat yoki ahvol ni ifodalab kelgandagina continuous zamonida ishlatish mumkin emas. Masalan: think – fe’li o’ylamoq ma’nosida kelganda davomli zamonda ishlatilishi mumkin – I am thinking – men o’ylayapman. Lekin fikrlash, fikrda bo’lsi ma’nosida kelganda ishlatilmoaydi – I think – mening fikrimcha. Xuddi shu kabi yuqoridagi fe’llar ham o’zlarining boshqa ma’nosida kelganda davomli zamonda ishlatilishi mumkin. Signal so’zlari haqida Va nihoyat biz bu zamonnni o’rganishning oxirgi bosqichhiga keldik. Siz inglizcha suhbat qurayotganingizda suhbatdoshingizni qaysi zamonda gapirayotganini aniq bilishingiz kerak va shunga binoan javob qaytarasiz. Bizga gaplaning qaysi zamonda ekanligini aniqlash uchun ushbu zamonning signal so’zlari yordam beradi. Present continuous ning signal so’zlari quyidagilar. Now – hozir At the moment – shu paytda Right now – hozir For now – endi, hozir, joriy Currently – bugungi, galdagi, joriy For the time being – hozirgi, joriy At present - hozir Today – bugun This week – bu hafta This + day, week, month, season, year …… - bu kun, bu hafta, bu oy, shu fasl, shu yil, shu …. It’s/that’s the last time – oxirgi marta Ushbu payt ravishlari gapda har xil joylarda kelishi mumkin. Masalan: now gapning boshida, yordamchi fe’ldan keyin yoki oxirida kelishi mumkin. Sakkizichi dars – present simple tense – hozirgi oddiy zamon Present simple tanse – hozirgi zamon oddiy shakli. ushbu zamonnni ham tartib bilan bosqichma-bosqich o’rganamiz. Ushbu zamon turi 3-zamon shakli. Ishlatilishi haqida General truths and facts– umumiy haqiqatlar va faktlar uchun. Current habits – joriy odatlar uchun Permanent situation and states–doimiy ish harakatlar uchun Telling jokes and other informal stories–latifalar aytish uchun. Newspaper headlines – gazeta va jurnal maqolalari mavzusini yozishda Timetable activities–jadval asosida amalga oshadigan ish-harakatlari uchun 1 – holatda: tabiat va ilmiy tarafdan ma’lum qonun qoidalar amal qilagigan ish-harakatlarni aytish uchun ishlatamiz. Masalan: tabiat qonuniga binoan quyosh sharqdan chiqib g’arbga botadi yoki yozda tun kundan uzun bo’ladi. Kabi misollar keltirish mumkin. Ilmiy qonunlarga esa –suv yuz gradusda qaynaydi, yoki qonunni buzsangiz jazo olasiz. Shunday turdagi gaplarni aytishda present simple ni ishlatamiz. 2-holatda: hozirgi kundagi insonlarning yoki xalqning urf odatini va shaxsiy xulq atvorini aytishda. Masalan: I get up early – men vaqtli turaman. Sizning vaqtli turishingiz bu sizning hozirgi kundagi odatingiz va shuning uchun biz bunday gaplarni aytishda biz present simpledan foydalanamiz. 3-holatda: doimiy va umumiy ish harakatlarini aytishda biz shu zamondan foydalanamiz. Masalan: I go to school – men maktabga boraman. 4-holatda: ingliz tilida biror bir latifa yoki qiziqarli hikoyani aytishda present simpledan foydalaniladi. Masalan: Afandi loses his donkey – afandi eshshagini yoqotib qo’ydi. 5 – holatda: ingliz tilidagi gazeta va jurnallardagi maqolalarning sarlavhasi odatda present simpleda yoziladi. Masalan: Cristiono Ronaldo gets the GOLD BALL – C. Ronaldo oltin to’pni oldi. 6-holatda: barcha turdagi jadval asosida sodir bo’ladigan ishlarni hozirgi oddiy zamonda aytiladi. Masaln: barcha turdagi televizor va radio dasturlar, avtobus qatnovi, samalyot reyslari va hokozo. Download 82.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling