Ingliz tili grammatikasini mustaqil o’rganuvchilar uchun ingliz tili fanidan grammatika o’quv qo’llanmasi
Formulasi va yordamchi fe’li haqida
Download 82.47 Kb.
|
Open English
- Bu sahifa navigatsiya:
- So’roq Do + I/you/we/they + V Does + he/she/it + V
- Izoh
Formulasi va yordamchi fe’li haqida
Izoh: Ushbu zamon turning darak ya’ni bo’lishli shaklida ikkita holatni ko’rdik ya’ni S + V va S + do/does + V lar. Bularning bir biridan qanday farqi bor? Yoki bularni ishlatish o’rni qanday? Javob: Aslida bularni ishlatishda hech qanday kata farq yo’q. ikkala usuldan ham foydalanib gapirishimgiz mumkin. Ikkisi ham to’g’ri. Lekin birinchi formula ko’proq Angliyada ikkinchisi esa Amerikada ishlatiladi. Izoh: Ushbu zamon turining darak shaklini tuzishda birinchi ya’ni S + V formula bo’yicha gaplar tuzilganda. Uchinchi shaxs birlik (he,she,it) gapning egasi bo’lib kelganda kesimga ya’ni V ga s,es,ies,ves qo’shimchalaridan biri qo’shiladi. Qoida: s,es,ies,ves qo’shimchalari odatda noun – ot va verb – fe’lga qo’shiladi. Agar so’z oxirgi harfio,s,ss,ch,sh bo’lsa ushbu so’zga es qo’shiladi. Masalan: do - does, watch - watches Agar so’z oxirgi harfi y bilan tugap undan avval undosh harf bo’lsa y o’rniga ies qo’shiladi. Agar y avval unli harf bo’lsa s qo’shiladi. Masalan: study – studies, play - plays Agar so’z oxiri f yoki fe bilan tugasa f yoki fe o’chirilib o’rniga ves qo’shiladi. Masalan: leaf - leaves, Qolgan barcha holatlarda so’z oxiriga s qo’shiladi. Masalan: like - likes Izoh: Shuning uchun inkor va so’roq gaplar formulasida uchunchi shaxs he,she,it uchun do fe’liga es qo’shiladi.
Ushbu mavzuni o’rganishni boshlashdan avval nega bu mavzuni o’rganish erakligi va bu mavzuni o’rganib qanday turdagi gaplarni tuza olishimiz haqida qisqacha ma’lumotga ega bo’lganingiz maqsadga muvofiq bo’ladi. O’zbek tilimizda ham ingliz tilidagi relative clause mavsuziga mos tushadigan gaplar juda ko’p xisoblanadi. Faqat ko’pchiligimiz bunday turdagi gaplarni yoshlikdan og’zaki va yozma nutqda ishlataverganimiz tufayli deyarli u haqda o’ylamaganmiz ham. Demak relative clause – asosiy gapga bog’liq bo’lgan qo’shimcha yoki to’ldiruvchi gaplar. Ya’ni biror shaxs yoki predmet haqida ma’lumot berayotgan vaqtimizda shunchaki sifatlar yordamida ifodalab bo’lmaydigan ma’lumotlar mavjud. Masalan: agar biz kimnidir aqilli yoki kuchli deb aytmoqchi bo’lsak albatta osongina tayyor sifatlardan foydalanib qo’ya qolamiz ( he is strong, she is clever ). Ammo biz ayrim ma’lumotlarni berishda masalan – narigi ko’chada yashovchi, akasi bankda ishlovchi, yangi ko’chib kelishgan, tehnika universitetida o’qiydigan yoki futbolni yoqtiradigan kabi ma’lumotlarni berishda shunchaki oddiygina sifatlar bilan ifodalay olmaymiz. Chunki bularni ifodalovchi sifatni o’zi mavjud emas. U hoh O’zbek tili bo’lsin yoki Ingliz tili. Shunday ekan shaxs yoki predmet haqida gapirilayotganda yuqoridagi kabi ma’lumotlarni berganimizda biz relative clause dan foydalanamiz. Quyida qanday qilib ishlatish va ularning turlari haqida o’rganamiz. Ingliz tilida relative clause ni quyidagi turlari mavjud. Download 82.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling