Инглиз тилида 26 харф бўлиб,20 таси ундош,6 таси унли
Uncountable nouns (Sanalmaydigan otlar)
Download 0.91 Mb.
|
ingliz tili kitobim
Uncountable nouns (Sanalmaydigan otlar)
Sanalmaydigan otlar deb donalab sanashimiz mumkin bo’lmagan otlarga aytiladi. Sanaldigan otlar bir xil shaklga ega, shunga ko’ra ular faqat birlik shakldagi fe’llar bilan keladi. The water is cool. (Suv sovuq) Sanalmaydigan otlar bilan biz: much, little, a little, a lot of, amount of aniqlovchilaridan foydalanishimiz mumkin. There is much water in the mug. (Ko’zada ko’p suv bor.) I have got a little time. (Menda ozgina vaqt bor.) My brother has a lot of money. (Akamda ko’p pul bor.) Biz sanalmaydigan otlarni quyidagi ma’noviy guruhlarga bo’lib o’rganishimiz mumkin.
Sanalmaydigan otlar o‘lchanganda yoki tasnif qilinganda (turlarga, sinflarga bo‘linganda), ularning ko‘pchiligidan oldin of, piece, bit, item so‘zlari kelishi mumkin. Boshqa shularga o‘xshash so‘zlar ham, sanalmaydigan otlarning ayrimlari bilan qo‘llanishi mumkin: a slice of bread, cake, meat – (bir bo‘lak (parrak) non, pirog, go‘sht) a bar of chocolate, candy,soap – (bir bo‘lak shokolad, konfet, sovun) a sheet of paper, ice – (bir varaq qog‘oz, bir bo‘lak muz) a blade of grass, wheat – (bir maysa, bug‘doy poyasi) a grain of rice, barley, wheat – (bir dona guruch, arpa, bug‘doy) a lump of coal, sugar – (bir bo‘lak ko‘mir, qand) a bit of paper, metal, wood – (bir parcha qog‘oz, metal, yog‘och) a piece of , cake, wood –(bir bo‘lak qog’oz paper oz, pirog, taxta) OTLARDA KO‘PLIK FORMASINI HOSIL QILISH (PLURAL FORMS) Ingliz tilidagi aksariyat otlarning ko‘plik shakli to‘g‘ri yo‘l bilan yasaladi. Otning birlik shakliga -s qo‘shimchasi qo‘shilib, uning ko‘plik shakli hosil qilinadi. boy – boys book – books pencil – pencils Agar so’z -s, -ss, -ch, -sh, -tch, -x, -z, harflari bilan tugagan so‘zlarning ko‘plik shakli -es qo‘shimchasini qo‘shish yo‘li bilan yasaladi. bunch – bunches - o‘ram/bog‘(lar) patch – patches - bo‘lak/parcha(lar) fox – foxes - tulki(lar) dress – dresses – ko’ylaklar Eslatma: “o” harfi bilan tugovchi ko‘pgina so‘zlarga –s qo‘shimchasi qo‘shiladi, biroq quyidagi otlarning ko‘plik shaklini yasash uchun -es qo‘shimchasini qo‘shish lozim bo‘ladi: Echo - aks-sado - echoes - aks-sadolar embargo - embargo - embargoes - embargolar hero – qahramon - heroes - qahramonlar Negro – habash - Negroes - habashlar potato - kartoshka - potatoes- kartoshkalar tomato pomidor - tomatoes - pomidorlar torpedo - torpeda - torpedoes - torpedalar veto - veto - vetoes - vetolar Ba’zi otlarga ko‘plik qo‘shimchasi qo‘shilganda muayyan imlo o‘zgarishlari yuz beradi. So‘z oxirida undoshdan keyin kelgan “y” harfi “i”ga aylanadi va –es qo‘shiladi: Baby - go‘dak city - shahar study - o‘qish babies - go‘daklar cities - shaharlar studies - o‘qishlar Ba’zi otlar oxiridagi -f yoki -fe ko‘plik qo‘shimchasi (-s/-es) qo‘shilgach ves ga aylanadi: calf - buzoq - calves - buzoqlar – elf -elves - elflar half - yarim - halves - yarimlar hoof - tuyoq - hooves yoki hoofs - tuyoqlar knife - pichoq - knives - pichoqlar leaf - barg - leaves - barglar life - hayot - lives - umrlar loaf - buxanka - loaves - buxankalar relief – qutilish – reliefs - ko‘plikda kam ishlatiladi self - o‘zi - selves - o‘zlari shelf - javon - shelves - javonlar thief - o‘g‘ri) - Thieves - o‘g‘rilar wife - rafiqa - wives - rafiqalar wolf - bo‘ri - wolves - bo‘rilar Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling