Инглиз тилида 26 харф бўлиб,20 таси ундош,6 таси унли


Agar gap tarkibida inkor hosil qiluvchi without, hardly seldom, never, refuse, not, no, none, so’zlari kelsa biz any olmoshidan foydalanamiz


Download 0.91 Mb.
bet5/71
Sana20.12.2022
Hajmi0.91 Mb.
#1035062
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71
Bog'liq
ingliz tili kitobim

Agar gap tarkibida inkor hosil qiluvchi without, hardly seldom, never, refuse, not, no, none, so’zlari kelsa biz any olmoshidan foydalanamiz.

He is lazy. He never does any work.
(U dangasa. U hech qachon hech qanday ish qilmaydi,)
She refused to say anything.
(U gapirishni rad etdi)

  • Any olmoshi bo‘lishli gaplarda “har qanday”, “istagan”, “xohlagan” kabi ma’nolarda ishlatiladi.

Come and see me anytime.
(Istagan vaqtda kelib, men bilan uchrash.)

  • Some va any sanalmaydigan otlardan oldin kelganda odatda o‘zbek tiliga tarjima qilinmaydi.

Give me some milk, please. (Iltimos, menga sut bering.)
I’ve got some money, but not enough to buy a car.
(Menda pul bor, lekin mashina sotib olish uchun yetarli emas.)
Is there anybutter in the fridge? (Muzlatkichda saryog‘ bormi?)

  • Some va any olmoshlaridan keyin of predlogi kelishi mumkin.

some of...-ning/-dan ba’zilari (ayrimlari/bir nechtasi/bir qanchasi)
Some of the books are on the table.
(Kitoblarning ayrimlari stolning ustida.)
Some of the participiants will come later.
(Ishtirokchilardan ba’zilari kechroq kelishadi)

  • any of ... bo‘lishli gaplarda-ning/-dan istalgani (har biri/ har bittasi/ har qaysisi/qaysi biri bo‘lsa ham ); bo‘lishsiz gaplarda -ning/-dan hech biri (hech qaysisi/birortasi ham).

Any of the books will do.
(O‘sha kitoblarning qaysi biri bo‘lsa ham bo‘laveradi.)
Any of those people couldn’t give useful information.
(O‘sha kishilarning hech biri foydali ma’lumot bera olmadi.)

  • Eslatma: Agargapiruvchi tinglovchini “Ha” degan javobini kutib turib bergan so‘roq gap orqali biror narsa taklif qilinsa yoki so‘ralsa any emas some olmoshi qo‘llanadi.

Would you like some coffee?
(Kofe ichishni xohlaysizmi?)
Could you lend me some money?
(Menga qarzga pul bera olasizmi?)
Can I have some of those apples?
(Anavi olmalardan yesam maylimi?)
Have you got something in your eyes?
(Ko’zingizda nimadir bormi?)

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling