Инглиз тилида 26 харф бўлиб,20 таси ундош,6 таси унли


Download 0.91 Mb.
bet14/71
Sana20.12.2022
Hajmi0.91 Mb.
#1035062
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   71
Bog'liq
ingliz tili kitobim

Much
little
very
too
so
enough
hardly, scarcely
nearly, almost

ko’p
oz
juda,
o‘ta
shunday
yetarli
arang, zo‘rg‘a,
deyarli, aytarli

  • much ravishi ko‘p ma’nosida asosan so‘roq va bo‘lishsiz gaplarda ishlatiladi. Darak bo‘lishli gaplarda esa odatda muchning o‘rniga a lot, a great (good) deal so‘zlari keladi.

    Has he read much?
    He hasn’t read much.
    Lekin:He has read a lot (a great deal).

    • Much ravishi darak gaplarda very, rather, too, so, as, how ravishlari bilan birgalikda kelishi mumkin:

    He reads very much.
    He plays football too much.

    • little ravishi o‘z ma‘nosida xuddi much kabi darak gaplarda very, rather, too, so, as, how ravishlari bilan birga keladi. Little yuqoridagi ravishlarsiz kelganda odatda uning o‘rniga not… much ishlatiladi:

    She doesn’t speak much about it (She speaks little about it emas)

    • very juda, too juda, ancha, o‘ta, so shunday, how qanday ravishlari sifat yoki ravishni aniqlab keladi.

    He is very clever.
    You are walking too fast.

    • Bu ravishlar o‘tgan zamondagi fe’l yoki sifatdoshni aniqlash uchun mustaqil ishlatilmaydi. Ular bilan birgalikda much ravishi ham keladi va o‘zbek tiliga tarjima qilinmaydi.

    He was very much interested in what I said.

    • hardly, scarcely ravishlari arang, zo‘rg‘a ma’nosida ishlatiladi:

    I could hardly (scarcely) understand him.

    • nearly va almost qariyb, deyarli ravishlari darak gaplarda ishlatiladi. Bu ravishlar fe’lga bog’langanda o‘zbek tiliga sal qoldi deb ham tarjima qilinadi.

    I have nearly (almost) fi nished my work.
    I nearly (almost) fell. Men yiqilib tushishimga sal qoldi.

    • Nearly va almost ravishlari bo‘lishsiz gaplarda ishlatilmaydi.

    • Holat ravishlari

    Well
    fast, quickly
    slowly
    quietly
    easily

    yaxshi,
    tez
    asta, sekin,
    tinch, sokin
    oson

    • Yuqoridagi ravishlarning ko‘pchiligi sifatga –ly qo‘shimchasini qo‘shish bilan yasaladi.

    Have you rested well?
    He came into the room very quickly.

    • Too, also, either, else, only, even so‘zlari ham ravishlardir.Too va also ham ma’nosida darak va so‘roq gaplarda ishlatiladi, ammo too also -ga qaraganda og‘zaki nutqda ko‘proq qo‘llanadi. Either ham ma’nosida faqat bo‘lishsiz gaplarda ishlatiladi.

    I shall be there too.
    Have you been there too?
    They also agreed with me
    I have not seen him either.

    • Else yana ma’nosida so‘roq olmoshlari va ravishlar bilan hamda some, any, no ishtirokida yasalgan gumon olmoshlari va ravishlar bilan keladi.

    What else must I do?
    Where else did you go?

    • Else aks holda, u holda, unday bo‘lsa ma’nolarida ham ishlatilishi mumkin.U holda elsedan oldin ko‘pincha or keladi.

    • Mustaqil gaplarni bog‘lash uchun quyidagi ravishlar ishlatiladi:




    So
    therefore
    then
    however
    nevertheless
    still,yet
    besides
    more over
    otherwise, else, or else

    shuning uchun, shunday qilib
    shuning uchun
    so‘ngra, o‘shanda
    lekin, biroq, ammo
    shunga qaramay
    shunday bo‘lsa ham, ayniqsa
    dan tashqari
    bundan tashqari
    aks holda

    It’s very fi ne weather for a walk, but yet I don’t think I’ll go out.
    Go at once, otherwise (or else) you will miss the train.

    • Once agar biror ish qilgan bo‘lsa, agar …-sa ma’nosida ishlatilib, gaplarni bog‘lab keladi:

    Once you have promised you must do it.
    (Agar va’da bergan bo‘lsangiz, uni bajarishingiz kerak.)
    Once you show any fear, the dog will attack you.
    (Agar qo‘rqqaningizni sezdirib qo‘ysangiz, it sizga tashlanadi.)
    RAVISH SHAKLLARI

    • Ravishlar shakliga ko‘ra ikki guruhga bo‘linadi:

    sodda va yasama ravishlar

    • Sodda ravishlar: here shu yerda, bu yerga, there u yerga, o‘sha yoqda, now hozir, endi, almost qariyb, deyarli, soon yaqinda, tez orada va boshqalar.

    • Yasama ravishlar guruhiga sifatga -ly qo‘simchasini qo‘shish bilan yasalgan ravishlar kiradi: easily osonlik bilan, quietly bemalol, slowly sekin, asta va boshq. Yana bir qator ravishlar boshqa so‘z turkumlaridan yasalgan: daily har kuni, kunlik, weekly haftalik, monthly oylik va boshqalar. Fast, long, far, little, much, early, daily kabi bir qancha ravishlar xuddi shu shakldagi sifatlardan farq qilmaydi. Shuning uchun ularni gapdagi bajargan sintaktik vazifasidan farqlash mumkin, ya’ni, sifat otni aniqlaydi, ravish esa fe’lni yoki boshqa bir ravishni aniqlaydi:


    Download 0.91 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   71




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling