Ingliz tiliga o’zbek tillarida bosh bo`laklarning ifodalanishi
Gap bo'laklarining tartibi
Download 330 Kb.
|
INGLIZ VA O’ZBEK TILIDA BERILISHI”
Gap bo'laklarining tartibi
O’zbek tilida gap bo’laklarining tartibi asosan erkin bo’lsa ham, ular ma’lum grammatik qoidaga bo’ysunadi. Gapda ega sostavi oldin, kesim sostavi keyin keladi, ba’zan aks holda bo’ladi. Bu tartibda qo’llash gapning grammatik holatini o’zgartirmaydi. Masalan: Men sizning yaxshiliklaringizni hech qachon unutmayman.2 Unutmayman sizning yaxshiliklaringizni men hech qachon. Hech qachon unutmayman sizning yaxshiliklaringizni men. Gap bo’laklari tartibining o’zgarishi grammatik holatda ta’sir etishi mumkin. Chunonchi, agar yig’iq gaplarda tartib o’zgarsa, kesim egaga, ega kesimga aylanadi. Masalan: Bir oy- o’ttiz kun. O’ttiz kun- bir oy. To’ldiruvchi bilan sifatlarning tartibi o’zgarsa aniqlovchili birikma ega va kesim munosabatini ko’rsatadi va yig’iq gapga aylanadi. Aniqlovchi birikma Yig’iq gap Yangi bino Bino yangi(dir) Yosh bola Bola yosh(dir) Keng yo’l Yo’l keng(dir) O’zbek tilida gap bo’laklarining odatdagi tartibi quyidagicha: Ega asosan gap boshida keladi: Men o’qituvchi bo’laman. Ba’zi vaqtida ega payt yoki o’rin holidan keyin ham keladi: Ko’klam oftobidan yelkasiga issiq o’tgan dehqon yer boshida qo’shiq aytadi. Ba’zi holatlarda ega undov va buyruq gaplarda kesimdan keyin kelishi mumkin: Boyvachchalar, eshiting dutorni qo’yvoradi bu yigit. Aniqlovchi doim aniqlanmishdan oldin keladi: O’ktam sovuq, xushta’m choyini qult-qult yutib, qo’li bilan lablarini artdi. Navoiy turli shoirlarning turli-tuman asarlaridan o’n minglarcha baytni yod bilardi. To’ldiruvchi, ko’pincha kesim oldida keladi: Masalan: Men ko’zlarimga, quloqlarimga ishonmayman. Axmad teatrga Sobir bilan birga ketdi. Ikki xil to’ldiruvchi ishtirok etgan gaplarga oldin vositali to’ldiruvchi, keyin vositasiz to’ldiruvchi keladi. Masalan: Anvar do’stlariga o’zining yangi she’rini o’qib bermoqchi. Hol, asosan kesim oldida keladi. Masalan: Men atayin sizni shoshib, qidirib keldim. Payt holi ko’pincha gap boshida keladi: Masalan: Bundan ikki yil Toshmatning o’g’li Moskvaga ketgan edi. O’rin holi ham egadan oldin (payt holidan keyin) keladi: Masalan: O’tgan shanba kuni maktabda biz kamolotchilar bilan uchrashuv o’tkazdik. Ravish holi va daraja-miqdor hollari, ko’pincha, kesim oldida keladi. Masalan: Anorxon uyga tun qorong’usida sadaqayrag’ochlar tagi bilan yakka keldi. Yetti o’lchab- bir kes. Sabab va maqsad hollari ba’zan gap boshida, ba’zan kesim oldida keladi. Masalan: Biz paxta hosildorligini oshirish kurashmoqdamuz Tarixiy yodgorliklarni ko’rish uchun Samarqandga bormoqchimiz. Men Azizning xatosini bo’yniga qo’yish uchun ancha vaqtdan beri kuyib-pishaman. Download 330 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling