Ingliz va o`zbek adabiyotida urush voqealari inson taqdiriga ta’siri


Download 2.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/24
Sana07.11.2023
Hajmi2.58 Mb.
#1753106
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   24
Bog'liq
Моннография

ulashadi. “Men borman-ku, bir kiprik qoqgulik qisqagina umringda tinch-totuv 
yashasalaring bo`lmaydimi?” deyotganga o`xshaydi. Odamlar uning gapiga 
tushunmaydi. Urush qiladi, bir-birini o`ldiradi. Go`yo o`sha urush ammamni 
Kimsan akamdan judo qilmagandek. Go`yo o`sha urush ellik million odamning 
yostig`ini quritganiga qanoat qilmay, o`zi tamom bo`lgandan keyin Munavvarning
begunoh Munavvarning ham joniga chang solmagandek. Go`yo men 
Munavvarning “senga nima yomonlik qildim ” degan hayratli xitob qotib qolgan 
ko`zlarini, qop-qora mas’um ko`zlarini unutishim mumkindek....”.
1
 
“Ikki eshik orasi” romani personajlarga boy. Ularning orasida ayniqsa, 
Orif oqsoqol obrazini muallif mukammal chizishga muvaffaq bo`lgan. U xalq 
o`rtasida katta obro`ga ega, eng og`ir damlarda ham odamlarni qiyin ishlarga 
otlantira oladi. U ko`pgina o`zbek qariyalari kabi tashabbuskor va donishmand. 
1
Hoshimov O`. Ikki eshik orasi. T.: “Meriyus” 2011, 546-bet. 


 59 
Ayni chog`da, haqiqatni yuzga aytishdan cho`chimaydigan shartaki, jasoratli 
odam. U odamlarni baholashda o`z me’yoriga ega – odamning belida belbog`i 
bo`lishi kerak. Belbog` uning uchun mardlik, tantilik, odamlik belgisi. U hatto 
ayollarni ham shu o`lchov bilan baholaydi. U ham ko`pgina asar qahramonlari 
singari urush zahmatlaridan aziyat chekkan inson, ammo hech qachon buni 
birovning oldida oshkor etmaydi. U urush tufayli ikki pahlavondek o`gillaridan 
ayrildi, kelini Zuhra boshqa bir yigit bilan qochib ketmoqchi bo`ldi va uni o`sha 
yigitning nikohiga o`tkazishga majbur bo`ladi. Bu inson oilasidagi og`ir 
ko`rguliklar yuz berganda boshga tushgan musibatlar tufayli dil-dildan o`rtangani 
holda, baribir o`zgalar baxti oromini o`ylab ish ko`radi. O`g`illaridan judo 
bo`lganini tan olgisi kelmagan turmush o`rtog`i Xolposh xolani tushkunlikka 
berilishini istamay, o`gillari kantuz bo`lgani haqidagi yolg`onni to`qib chiqargan 
bu tanti inson, butun umri davomida, o`z qishlog`ining, vatanining farovonligi 
yo`lida xizmat qilib charchamadi. Uning “Noma’lum askar” haykali ochilishi 
arafasidagi nutqi barcha urush oqibatida farzand dog`ini boshidan kechirgan 
insonlar uchun malahmdek edi go`yo: “Dunyoda hamma narsa unutiladi, ammo-
lokin farzand dog`ini unutib bo`lmaydi. Men bilaman, bolalarim: bu yog`i 
No`g`ayqo`rg`on, u yog`i Ko`tarma tomonlarda belida belbo`gi bor ne-ne yigitlar 
shahid ketdi. Qanchadan-qancha onalar haliyam bolasining yo`liga ko`z tikib 
o`tiribdi. Bolalarim! Es-hushi joyida odam o`zi yotgan beshikni o`zi tepib 
sindirmaydi. Es-hushi joyida odam o`z uyiga o`t qo`ymaydi. Ammo yer yuzida 
haliyam yangi urush ochishni xayol qilayotgan nomardlar bor. Endi urush 
bo`lmasin desalaring mana shu qo`shaloq haykalni tavof qilinglar. Bu....tabarruk 
haykal”.
1
 
Romandagi yana bir asosiy qahramonlardan biri Husan duma ham do`sti 
Oqsoqol kabi qalbi daryo odam. Duma oilasi adolatsizlik tufayli sarson qolgan 
Robiyani asarb, o`z farqzandidek tarbiyalab voyaga yetkazadi. Duma urush tufayli 
og`ir judoliklar alamini tortadi. Shu og`ir judoliklarni yengib el-yurt manfaati 
yo`lida tinimsiz ter to`kadi. Bu odam – asl mehnatkash, tadbirkor dehqon. U urush 
1
Hoshimov O`. Ikki eshik orasi. T.: “Meriyus” 2011, 457-bet. 


 60 
tufayli o`gli Kimsandan ayrilib qoladi. Umar Zakunchi Kimsanni xoinga 
chiqargach Duma og`ir bosiqlik bilan unga javob qaytaradi: “Haqorat qilmang, 
rais, shukur, avlodimizdan xoin chiqaanmas. O`g`lim jon olib, jon berib yuribdi”. 

Download 2.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling