Innovatsion faoliyat samaradorligi ko'rsatkichlari va tasnifi


Raqobatbardoshlilikni baholash uslubi


Download 0.7 Mb.
bet17/32
Sana16.06.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1503594
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   32
Bog'liq
ФИЧИ маъруза матни 2 кисм

Raqobatbardoshlilikni baholash uslubi
Mahsulotning raqobatbardoshliligini zaruriy darajada ta'minlash uning miqdoriy bahosi zaruratini nazarda tutadi. Mahsulot raqobatbardoshliligini aniqlashning bir necha uslublari mavjud, ular bozorning turli ishtirokchilari uchun ishlab chiqilgan.
I. Mahsulot raqobatbardoshliligini ishlab chiqaruvchi korxonalarda baholash. Uslubning asosi yangi mahsulotning etalon-mahsulot, namuna yoki mavjud mahsulotlardan eng raqobatbardoshligi bilan qiyoslanishidan iborat. Mazkur uslubiyat quyidagi bosqichlardan iborat bo'ladi:
1. Bozorni tahlil qilish, eng raqobatbardosh mahsulotni yangi mahsulotni raqobatbardoshlilik darajasini aniqlash uchun va qiyoslash uchun asos sifatida tanlab olish.
Qiyoslash uchun namuna tahlil qilinayotgan yangi mahsulot kirgan guruhga tegishli bo'lishi, mazkur bozor uchun xos va munosib bo'lishi, iste'molchilarning katta e'tiboriga sazovor bo'lishi zarur (DV holatida – bu turli firmalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan djenerik-vositalar, analoglardir).


2. Qiyoslanadigan ko'rsatkichlarni aniqlash.
Har qaysi mahsulotning raqobatbardoshliligi iste'molchi uchun qiziqishga sabab bo'ladigan va aniq bir ehtiyojni qondirishga xizmat qiladigan xossalarning yig'indisi bilan belgilanadi. Shu sabab raqobatbardoshlilik ko'rsatkichlarini (iste'molga oid va iqtsiodiy) to'plashning ikkinchi bosqichida tahlil qilinayotgan mahsulotga tegishli ko'rsatkichlar tanlab olinadi – ular qiyoslash ko'rsatkichlari hisoblanadi.
Qiyoslashning iste'mol ko'rsatkichlari aniqlab olingandan so'ng, ular joylanadi (ierarxiya o'rnatiladi), bunda iste'molchi uchun katta ahamiyatga ega ko'rsatkichlar birinchi o'ringa olib chiqiladi. Bu jarayonni mazkur mahsulotni ishlab chiqarish va qo'llash sohalarida ishonchli va aniq axborotga ega bo'lgan maxsus tanlangan mutaxassislar guruhi amalga oshiradi.
Eng katta e'tiborga ega ko'rsatkichlar sinchkovlik bilan o'rganiladi. Biroq ikkinchi darajali ko'rsatkichlarni ham inobatga olish zarur, negaki aynan ular bozordagi yutuq uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'lishi mumkin. (Mahsulot raqobatbardoshliligini oshirishning eng kichik imkonini ham boy berish mumkin emas).
Xuddi shunday chizma bo'yicha iqtisodiy (narx) ko'rsatkichlar ham joylanadi.
II. Dori vositalarining raqobatbardoshliligini baholash uslubi. Ulgurji va chakana tashkilotlarda DV raqobatbardoshliligini baholashga maxsus uslubiy yondashuv zarurati iste'mol bozori ishtirokchilari oldida DV ning katta miqdoridan bemorlarning aniq ehtiyojlarini qondiradiganlarini tanlab olish muammosi turishi bilan tushuntiriladi. DV ning raqobatbardoshliligini baholash algoritmi 8-rasmda keltirilgan.

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling