Innovatsion faoliyat samaradorligi ko'rsatkichlari va tasnifi


Download 0.7 Mb.
bet18/32
Sana16.06.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1503594
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   32
Bog'liq
ФИЧИ маъруза матни 2 кисм

Raqobat muhiti


Iqtisodchilar to'rt turdagi bozorni farqlaydilar, ularning har biriga narx belgilanishining ma'lum tamoyillari xos bo'ladi:
1. Toza erkin raqobat bozori.
2. Monopoliya raqobati bozori.
3. Oligopoliya raqobat bozori.
4. Toza monopoliya bozori.
Toza erkin raqobat bozoriuch shart bilan tavsiflanadi:
• sotuvchilar va xaridorlarning katta miqdori bo'lishi, ulardan hech biri bozordagi joriy narxlar darajasiga ta'sir o'tkazmaydi;
• bir turdagi, bir-birini to'ldiruvchi raqib mahsulotlar bo'lishi;
• narx cheklovlarining yo'qligi.
Erkin raqobat sharoitida sotuvchining, bir tomondan, bozor narxlaridan yuqori narxni so'rash imkoni bo'lmaydi, negaki xaridorlar xuddi shu mahsulotning zaruriy miqdorini xuddi shu bozor narxida erkin sotib olishlari mumkin, boshqa tomondan esa – bozor narxidan past ham sotolmaydi, negaki u hamma narsani mavjud bozor narxida sotishi kerak. Shu sabab ishlab chiqarish hajmlari ortganda firma, odatda, narxni o'zgartirmaydi.
Erkin raqobat bozori namunasi sifatida bug'doy, taxta, qimmatli qog'ozlar, rangli metallning halqaro bozorlarini keltirish mumkin.
Monopoliya raqobati bozori yagona kelishilgan bozor narxida emas, balki narxning keng diapazonida, ya'ni bir-biridan tavsifi, sifati, bezatilishi, hamda iste'tovar afzalliklari bilan farqlanadigan turli mahsulotlarni taklif etish imkoni bo'lgan sotuvchilar va xaridorlarning katta miqdoridan iborat bo'ladi. Xaridorlar taklif etilayotgan mahsulotlar orasidagi farqni ko'rib, ularni turli narxda sotib olishga tayyor bo'ladilar. Bundan tashqari, narxidan tashqari, biror tomoni bilan ajralib turish uchun, sotuvchilar turli iste'mol segmentlariga turli takliflar ishlab chiqadilar, amaliyotda mahsulotlarga savdo nomlarini berish, reklama qilish va shaxsiy Sotuv uslublari keng qo'llaniladi. Monopoliya raqobati sharoitida ishlab chiqaruvchilar o'z mahsulotlariga narx belgilaydilar, bunda talab tuzilmasini, raqib tomon narxini, ishlab chiqarishga xarajatlarni inobatga oladilar.
Oligopoliya raqobat bozori sotuvchilarning kichik miqdoridan tashkil topadi, ularning mahsulotlari bir turdagi va o'zaro o'rin bosuvchi bo'lishi, yoki bir biridan farq qiladigan bo'lishi mumkin.
Oligopoliya raqobati sharoitida narx belgilashning asosan ikki strategiyasi qo'llaniladi. Ulardan biri – "etakchiga ergashish". Shuni aytish kerakki, butkul etakchilikka faqat firma raqobatchilari ustidan ikki ko'rsatkichdan biri bo'yicha bo'yicha so'zsiz ustunlik bo'lganida erishiladi: biri ishlab chiqarish hajmi, yoki xarajatlar nisbatidan iborat.
Oligopoliyada keng qo'llaniladigan yana bir narx strategiyasi – narx belgilashda harakatlarning koordinasiyasi (muvofiqligi) bo'lib, bu firma umumlashgan nizomlar bo'yicha xarajatlarni hisoblaydi, keyin daromadning ma'lum me'yorini qo'shadi. Bunda barcha firmalar (kompaniyalar) narxlari bozor omillari ta'siri ostida bir tomonga va bir xil nisbatda o'zgaradi.
Toza monopoliya bozori – bir sotuvchi egalik qiladigan bozordir.
Bu bozorda sotuvchi-monopolist narx belgilashda salmoqli erkinlikka ega bo'ladi, shunday bo'lsa-da, narxlarning optimal darajasi o'z mahsulotiga talabdan kelib chiqqan holda belgilanadi. Shu sabab, narx strategiyalari narx diskriminasiyasi tamoyili bo'yicha quriladi, ya'ni boshqa sotuvchilar va xaridorlarning bozorga kirish imkonini cheklashga yo'naltirilgan narx siyosati o'tkaziladi. Diskriminasiya narxlari quyidagi shakllarda uchraydi:
• xaridorlar guruhlari bo'yicha differentsiasiya;
• mahsulot yoki xizmat turlari bo'yicha differentsiasiya;
• hudud bo'yicha differentsiasiya;
• vaqt bo'yicha differentsiasiya;
• ko'psonli narxlar strategiyasi;
• bozorning segmentasiya strategiyasi va uning alohida siyosati – demping.
Biznesmenning entsiklopedik lug'ati demping so'zining shunday ta'rifini beradi: demping - eksport, mahsulotning bir davlatdan boshqa davlatga davlat ichidagi yoki jahon bozoridagi narxga nisbatan past narxlarda olib chiqish hisoblanadi.
Narx raqobatida firma u yoki bu uslub bilan o'zining past narxlarini ko'rsatishga urinadi.Narx raqobati firma rahbariyatidan raqobatchilar narxlariga tezkor reaktsiyani talab qiladi. Narx raqobatining kuchsiz tomoni namoyon bo'ladi: raqobatchilar o'z narxlarini mazkur firma darajasida yoki undan ham past belgilashlari mumkin. Raqobatning bunday ko'rinishi kichik kompaniya yirik kompaniyalar atrofida ishlayotgan bo'lsa, ayniqsa, xavfli hisoblanadi, chunki ular mahsulotlarini katta hajm va kichik sarflar bilan ishlab chiqarib, uning narxlarini engil "urishi" mumkin, va asosiysi - narxlarni o'zgarishsiz saqlab qoladilar.
Narxga oid bo'lmagan raqobatda firma raqobat kurashida g'olib bo'lishning boshqa imkoniyatlarini ishga soladi, xususan: o'z mahsulotlarining farqlanuvchi xususiyatlarini bo'rttiradi (savdo belgisi, qadog'i, yondosh xizmatlar yoki narx bilan bog'liq bo'lmagan boshqa vositalar).
Bu vaziyatda firmaning vazifasi – mijozlariga mahsulotining afzalliklarini etkazish va iste'molchilarni ularni sotib olishlari zaruratiga ishontirishdir.
Raqobat kurashining tanlangan uslubidan qat'iy nazar raqobat narxlarini har doim bilish zarur. Raqobatchilar narxi haqidagi axborotni bir necha uslublar bilan to'plash mumkin:
• savdo xodimlari tomonidan o'tkaziladigan tekshiruvlar;
• savdo joylariga borish;
• iste'molchilar so'rovlari;
• mijozlar bilan guruhlarda suhbatlashish;
• raqobatchilar mahsulotlarini sotib olish va ularning ishlab chiqarishlarining xarajatlarini tahlil qilish.
Muhimki,raqobatchilar narx siyosatini o'rganish vaqti vaqti bilan emas, firma tadqiqot faoliyatining doimiy tarzda o'tkazilishi zarur.



Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling