“innovatsion iqtisodiyoT” fanining nazariy asoslari 1-mavzu. “Innovatsion iqtisodiyot” faniga kirish Reja


Xarajatlar bo‘yicha absolyut ustunlikstrategiyasi


Download 2.56 Mb.
bet25/105
Sana20.10.2023
Hajmi2.56 Mb.
#1712868
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   105
Bog'liq
Q. J. Mirzaev, E. Sh. Shavqiev,B. K. Janzakov innovatsion iqtiso-fayllar.org

Xarajatlar bo‘yicha absolyut ustunlikstrategiyasi deganda, korxonaning berilgan sohada xarajatlarni kamaytirish bo‘yicha yetakchiga aylanishi tushuniladi. Raqobatchilarga nisbatan kam xarajat qilish bu korxonaga tarmoqdagi o‘rtacha daromaddan yuqo­ri daromad ko‘rish imkoniyatini beradi. Bundan tashqari, bun­day korxonalar kuchli raqobatga himoyalangan bo‘ladi, chunki ular­ning raqobatga zarar ko‘rayotgan paytda ular foyda bilan chiqishda da­vom etadi. Xarajatlar bo‘yicha absolyut ustunlikka erishishda odat­da faoliyat olib boriluvchi bozorning katta qismini egallash talab etiladi. Shu bilan birga, ko‘p miqdorda yangi jihozlar kapi­tal qo‘yilmalar, hujumkor narxlashtirish, bozornitez egallash stra­tegiyasi kabilar talab etiladi. Bozorning katta qismini egal­lash miqyos samarasi uchun imkoniyat yaratadi. Ustunlikka erishib bo‘l­gach esa olingan yuqori foydani qayta investitsiyalashga yo‘nal­ti­rish sohada yetakchilikni ushlab qolishga imkon beradi. Bu stra­te­giyani qo‘llagan BriggsandStratton kam quvvatli benzin dviga­tel­larini ishlab chiqarish korxonasi 2000 yillarda jahon bozo­ri­ning 50foizni egallashga erishgan26. Harnischfeger korxonasi 1979 yilda yuk ko‘taruvchi kranlar ishlab chiqarish bo‘yicha shunga o‘x­shash strategiyani qo‘llagan. Avvaliga korxona bozorning 15 foiz­ni nazorat qilgan bo‘lsa, ishlab chiqarishning har bir bos­qi­chi­ni qayta tashkil etish va tejash maqsadida kerakli zapchastlarni katta miqdorda xarid qilish orqali bozordagi ulushini 25foizga chiqa­rishga erishdi.
Fokus strategiyasi– bu ma’lum bir xaridorlar guruhiga (fokusga) diqqatini qaratish hisoblanadi. Fokus strategiyasi turli ko‘rinishda qo‘llanishi mumkin.Bu strategiya asosida korxona tor doiradagi maqsadlarga erishishi keng qamrovli maqsadlarga nisbatan osonroq amalga oshadi degan taxmin yotadi. Fokus strategiyasini qo‘llagan korxonalar oxir oqibat mahsulot differensiatsiyasi yoki xarajatlarni kamaytirishga erishadi. Bunda ham korxonalar o‘zlari faoliyat yurituvchi tarmoqda o‘rtacha foydadan yuqori foyda olish imkoniyatiga ega bo‘ladi, ammo bozorda katta ulushga ega bo‘la olmaslik ehtimoli ham bo‘ladi.
Innovatsion faoliyatning asosiy maqsadi bozorda uzoq muddat davomida samarali faoliyat olib borishga erishish hisob­la­nadi. Masalan, AKT sohasida innovatsion mahsulot yaratgan Mic­ro­softkompaniyasi o‘zining innovatsion faoliyati hisobiga mana 23 yildirki kuchli raqobatchilarning mavjudligiga qaramay axborot texnologiyalari bozorida yetakchilikni saqlab turibdi. Bu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalarni amalga oshirish lozim:

Amaliyotda korxonalar kuchli raqobat sharoitida innovatsiyalarga ehtiyoj sezishadi va boshqaruvning barcha bosqichlarida ri­­voj­lanishning yangi yo‘llarini qidirishadi.





Download 2.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling