“innovatsion iqtisodiyoT” fanining nazariy asoslari 1-mavzu. “Innovatsion iqtisodiyot” faniga kirish Reja
Download 2.56 Mb.
|
Q. J. Mirzaev, E. Sh. Shavqiev,B. K. Janzakov innovatsion iqtiso-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5-mavzu. Innovatsion iqtisodiyotni rivojlantirish omillari Reja
- 5.1. Korxonalarda innovatsion faoliyatda iqtisodiy usullar, innovatsion boshqarish (menejment) usullaridan foydalanish
Tayanch iboralar
Infratuzilma, fan, ilm,ta’lim, innovatsiya, mahsulot, ishlab chiqarish, raqobatbardoshlik, innovatsiyalar bozori, integratsiya, texnologiya, tadbirkorlik, konsessiya, shartnoma. Nazoratvamuhokamauchunsavollar 1.Innovatsion faoliyat infratuzilmasini yoriting. 2. Innovatsionfaoliyatningbugungiinfratuzilmasinitushuntiring. 3.Innovatsion markaz tarkibini ayting. 4.Startap korxona to‘g‘risida nimalarni bilasiz?. 5.Konsessiya shartnomasinima? 5-mavzu. Innovatsion iqtisodiyotni rivojlantirish omillari Reja 5.1. Korxonalarda innovatsion faoliyatda iqtisodiy usullar, innovatsion boshqarish (menejment) usullaridan foydalanish. 5.2. Innovatsion faoliyatni oshirishda investitsiya loyihalarini moliyalashtirish. 5.3. Innovatsion faoliyatda investitsiyalarning iqtisodiy samaradorligini baholash. 5.4. Korxonalarda innovatsion salohiyatni oshirish. 5.1. Korxonalarda innovatsion faoliyatda iqtisodiy usullar, innovatsion boshqarish (menejment) usullaridan foydalanish Respublikamizda innovatsion iqtisodiy rivojlantirishda quyidagi iqtisodiy usullardan foydalaniladi: 1. Iste’molchining (ichki va tashqi) ehtiyojini qoniqtiradigan raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish va xorijga eksport qilishni rag‘batlantirish. 2. Bank-kredit munosabatlarini takomillashtirish (imtiyozlar berish). 3. Innovatsion mahsulot yaratadigan yuqori malakali kadrlar mehnatidan samarali foydalanish va mehnat unumdorligini oshirish. 4. Korxonalarda xodimlarni rag‘batlantirish va manfaatdorligini oshirish. 5. Ishlab chiqarish va iste’molchilarni qoniqtiradigan narx siyosatini yo‘lga qo‘yish va mahsulot tannarxini pasaytirish. 6. Korxonalarda innovatsion faoliyatni rivojlanishiga yo‘naltirilgan soliq imtiyozlaridan foydalanishni. 7. Xorijiy investorlar va respublikamizdagi tadbirkorlar uchun har tomonlama qulay investitsion muhit yaratish. 8. Innovatsion iqtisodiy rivojlanish uchun korxonaning foydasi va rentabelligini oshirish. Yuqorida bayon qilingan innovatsion iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha ta’kidlangan iqtisodiy usullar mamlakatimizni tezkor taraqqiy ettirishda yangi imkoniyatlarni yaratib beradi. Bugungi kunda davlatimiz rahbari tomonidan respublika iqtisodiyotini rivojlantirishning quyidagi vazifalari belgilab berilgan: ochiq iqtisodiyot, sog‘lom raqobat, ishbilarmonlik va investitsiya muhitini tubdan yaxshilash uchun zarur sharoitlarni yaratish; iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy sektorni jadal rivojlantirish orqali yangi ish o‘rinlarini ko‘paytirish; iqtisodiyotni modernizatsiyalash va diversifikatsiya qilish, mehnat unumdorligini oshirish orqali yuqori iqtisodiy o‘sishni ta’minlash; “yashirin” iqtisodiyotga qarshi kurashish, uning hajmini keskin qisqartirish; valyutani erkinlashtirish siyosatini izchil davom ettirish, barqaror monetar siyosatni amalga oshirish; iqtisodiyotni rivojlantirishga doir strategik vazifalarni ruyobga chiqarishga qodir malakali kadrlarni tayyorlash.24 Har qanday korxona uzoq muddat bozorda ulushini saqlab qolishni istar ekan, innovatsion boshqaruv usullariga murojaat qilishiga to‘g‘ri keladi. Innovatsion boshqaruv deganda, innovatsiyalarni joriy etish hisobiga korxonaning doimiy rivojlanishini ta’minlash tushuniladi. Umuman olganda, korxonalarda innovatsion menejmentni ikki turga ajratish mumkin: 1. An’anaviy reproduktiv menejment –korxona faoliyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan resruslardan maksimal foyda olish va ishlab chiqarishni boshqarishga katta e’tibor qaratiladi. Bunda rentabellikni oshirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va mahsulotlar assortimentini kengaytirish bosh maqsad qilib olinadi. 2. Innovatsion menejment–mavjud boshqaruv usullaridan farq qiladigan yangi zamonaviy texnologiyalarga asoslangan rivojlanish yo‘lini doimiy izlash orqali boshqarish tushuniladi. Bunda asosiy e’tibor korxonaga kiritilayotgan barcha resurslar (moliyaviy, moddiy, mehnat) innovatsiyalarga qaratilib, korxona faoliyatini doimiy takomillashtirib borishga qaratiladi. Innovatsion menejment tushunchasi XX asrning 60–70 –yillarida Y. Shumpeter tomonidan fanga kiritilgan. Innovatsion me-nejment konsepsiyasi deganda, quyidagi ketma-ket jarayonni amalga oshirish tushuniladi: 1.Innovatsion mahsulot iste’molchilari tahlili. 2.Istiqbolli g‘oyalarni izlash. 3.Innovatsiyani yaratish va joriy etishni tashkillashtirish. 4.Innovatsion mahsulotni bozorga chiqarish. Download 2.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling