“innovatsion iqtisodiyoT” fanining nazariy asoslari 1-mavzu. “Innovatsion iqtisodiyot” faniga kirish Reja
Innovatsion faoliyatni oshirishda investitsiya loyihalarini moliyalashtirish
Download 2.56 Mb.
|
Q. J. Mirzaev, E. Sh. Shavqiev,B. K. Janzakov innovatsion iqtiso-fayllar.org
5.2. Innovatsion faoliyatni oshirishda investitsiya loyihalarini moliyalashtirish
Investitsiya loyihalarini moliyalashtirish turli usullar bilan amalga oshiriladi: aksiyadorlik investitsiyalash; byudjetdan investitsiyalash; lizing;
qarz majburiyatlari hisobidan banklar kreditlari, yuridik hamda jismoniy shaxslar majburiyatlari evaziga moliyalashtirish;
ipoteka (ko‘chmas mulkni garovga qo‘yish) asosida olib boriladi. Monitoring loyiha holatini kuzatish, uni baholash, loyihaning istiqbolini belgilashni qamraydi, boshqacha aytganda loyihaning amalga oshirilishini kuzatib borishni nazarda tutadi. Unga quyidagilar kiradi: moliyalashtirilayotgan loyihani amalga oshirilishining borishi to‘g‘risidagi hisobotlar tahlili; ishning ahvolini bevosita loyiha amalga oshirilayotgan joyda tekshirish; maqsadli taftishlar, auditorlik tekshiruvlari; loyihaning tugallanganligi to‘g‘risida hisobot tuzish (unda xarajatlarning qoplanishi, mahsulotni sotish chiqimlarini baholash ham nazarda tutiladi). Investitsiyalarning samaradorligini oshirish uchun investitsiya qarorlarini qabul qilishning barcha darajalarida investitsiya loyihalarini ishlab chiqish, tanlab olish va amalga oshirish bo‘yicha yagona mukammal tizimni shakllantirish talab etiladi. Yagona mukammal tizimni qo‘llashda jahon amaliyotida sinovdan o‘tgan va e’tirof etilgan, investitsiya loyihalarini baholash, tahlil etish standart usuliga tayanish zarur. Ushbu usul loyihalarni boshqarish uslubiyoti va samaradorlik ko‘rsatkichlarini hisoblash usullarini e’tiborga olishni nazarda tutadi. Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish, mamlakatning tashqi bozorga chiqishi va eksportga mo‘ljallangan mahsulot (xizmat)lar ishlab chiqarishi strategiyasi asosida amalga oshirilishi zarur. Milliy iqtisodiyot manfaatlari loyihalarni tanlash, shuningdek, ularni amalga oshirishda ustuvor va asosiy mezon bo‘lmog‘i lozim. Investitsiya loyihalarini baholash, tanlash va amalga oshirishda asosiy e’tibor investitsiya imkoniyatilarining tahliliga, jalb etilayotgan resurslar qiymatini baholashga qaratilishi talab etiladi. Bular bilan birgalikda, e’tiborni noaniqlikning tahliliga, xavf-xatarlarni pasaytirish usullari, ularni investitsiya qatnashchilari o‘rtasida taqsimlanishiga qaratish zarur bo‘ladi. Loyihaviy tahlil, samaradorlik bo‘yicha hisob-kitoblar milliy (so‘m) va chet el valyutasida, valyutalar kursi istiqbolini belgilash yo‘li bilan olib borilishi maqsadga muvofiqdir. O‘zbekistonda turizmga oid investitsiya loyihalarini ishlab chiqish, tanlash va amalga oshirish tizimi bosqichma-bosqich shakllanmokda. Turistik korxonalar loyihalari odatda moliyalashtirishning mamlakat amaliyotini va loyihaviy moliyalashtirishni chet el tajribasini asos qilib oladi. Investitsiya loyihalari samaradorligini tahlil qilish va baholashda pul oqimlarini diskontlash usuli bilan amalga oshirish talab etiladi. Investitsiya loyihalarining samaradorligini baholashda sof diskontlangan daromad, daromaddorlik indeksi, ichki daromaddorlik me’yori, xarajatlarning qoplanish muddati ko‘rsatkichlaridan foydalanish talab etiladi. Bunda jahon amaliyotidaqo‘llaniladigan standart uslubiyot ko‘rsatkichlaridan, ularni hisoblash usullaridan hamda taqqoslash uslubidan foydalanish lozim. Investitsion resurslarning umumiy hajmiga bo‘lgan ehtiyojni prognozlash quyidagi tartibda amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda real investitsiyalashga kerak bo‘ladigan moliyaviy vositalar hajmi aniqlanadi. Bu maqsadda investitsion strategiyada belgilangan analog – ob’ektlar tanlanib, ular bo‘yicha yangi qurilish yoki xarid qiymati hisoblanadi. Yangi ob’ektlar qurish qiymati, ularga o‘xshash (analog) ob’ektlarni qurishga ketgan haqiqiy xarajatlar asosida aniqlanadi. Ishlab turgan korxonani xarid qiymati quyidagi usullar bilan aniqlanadi: sof balans qiymati asosida, ushbu baholash korxona aktivlarining umumiy balans qiymatidan uning majburiyatlar yig‘indisini ayirish asosida aniqlanadi; foyda asosida baholash oxirgi yillar mobaynida yillik o‘rtacha foydaning real yig‘indisini aniqlashga asoslangan hamda investitsiyalarning foydalilik o‘rtacha normasini aniqlashga qaratilgan; bozor qiymati asosida baholash tamoyili ushbu korxonaga o‘xshash korxonalarning auksion va konkurslarda sotish ma’lumotlaridan foydalanishga asoslanadi. Investitsion resursga bo‘lgan ehtiyojni prognozlashda ushbu xaridni kengaytirish, texnik jihozlash va rekonstruksiya xarajatlari kiritiladi. Prognozlashning ikkinchi bosqichida moliyaviy investitsiyalarni amalga oshirishga kerak bo‘ladigan investitsion resurslar hajmi aniqlanadi. Bunday ehtiyojni hisoblash prognoz davrida turli investitsiyalash formalari o‘rtasidagi nisbatni aniqlashga asoslanadi. Moliyaviy investitsiyalarni amalga oshirish uchun kerak bo‘ladigan investitsion resurslar umumiy ehtiyojini aniqlash ularga bo‘lgan birinchi (boshlang‘ich) davrdagi ehtiyojni va keyingi davrlardagi ko‘payishini hisoblashdan iborat. Ehtiyojni prognozlashning uchinchi bosqichida zaruriy investitsion resurslar umumiy hajmi aniqlanadi, bunda real investitsiyalashga lozim investitsion resurslarga talab, moliyaviy investitsiyalarni amalga oshirish uchun kerak bo‘ladigan resurslarga talab, rezerv kapitali yig‘indilari hisoblanadi. Turli manbalar hisobiga investitsion resurslarni tashkil etish imkoniyatlarini o‘rganish strategiyaning ikkinchi bosqichi hisoblanadi. Bunda korxonaning u yoki bu jihatlarini hisobga olgan holda investitsion resurslarni tashkil etish manbalari ko‘rib chiqiladi. Bunda quyidagi uchta asosiy turlari mavjud: o‘z (xususiy); qarzga olingan; keltirilgan (jalb etilgan). Investitsiyalarni moliyalashtirish manbalari o‘rtasida eng asosiy o‘rinda soliq va boshqa majburiy to‘lovlardan keyin qolgan foyda turadi, chunki uning bir qismi investitsion maqsadlar uchun foydalanishi mumkin. Investitsion loyihalarni moliyalashtirishda amortizatsiya ajratmalari muhim manbalaridan biri hisoblanadi. Ular ishlab chiqarishni qayta tashkil qilib kolmay, balki ma’lum darajada ularni kengaytirishga ham mo‘ljallangan bo‘ladi. Ularning miqdori korxona asosiy fondi va amortizatsiya siyosatiga bog‘liq bo‘ladi. Rivojlangan mamlakatlarda amortizatsiya – korxona investitsiya ehtiyojining 70-80 foizni qondiradi. O‘zbekistonda ham amortizatsiya ajratmalariga, investitsiyalarni moliyalashtirishda muhim manbai sifatida qaraladi. Shuni ta’kidlash lozimki, amortizatsiya ajratmalari investitsion loyihalarni moliyalashtirishda boshqa manbalarga nisbatan ustunlikka ega. Chunki, u manba sifatida korxonaning har qanday moliyaviy holatida ham o‘z o‘rniga ega va doimo korxona ixtiyorida bo‘ladi. Qarzga olinadigan mablag‘lar ichida eng asosiysi uzoq muddatli bank kreditlaridir. Investitsion lizing investitsiyalarni moliyalashtirishning istiqbolli (perspektiv) shakllaridan biridir. Investitsiyalarni moliyalashtirish keltirilgan manbalari o‘rtasida aksioner kapitalni tashkil etish imkoniyati birinchi o‘rinda turadi, chunki bunday manba korxona aksioner jamiyati formasidan foydalanish imkonini beradi. Investitsion resurslarni dotatsiyalash strategiyasini ishlab chiqishda quyidagi asosiy beshta investitsiya loyihalarini moliyalashtirish usullaridan foydalaniladi. Investitsion resurslarni tashkil etish manbalari tuzilmasini optimallashtirish strategiyasini ishlab chiqishning so‘nggi bosqichi hisoblanadi. Ichki va tashqi investitsion resurslarni tashkil etish manbalari o‘rtasidagi nisbatni aniqlashda ularning asosiy jihatlarini hisobga olish lozim. Ichki moliyalashtirish manbalari quyidagi ijobiy jihatlar bilan xarakterlanadi: foydalanish tezligi va soddaligi; investitsiyalanayotgan kapitalning foydalilik bo‘yicha yuqori normasi; ulardan foydalanishda to‘lov qobiliyati va bankrotlik riskini pasayishi; korxona tashkilotchilarida boshqaruvning saqlanib qolishi. Ichki investitsion resurslarni tashkil etish manbalarining quyidagi kamchiliklari mavjud: foydalanish hajmining chegaralanganligi; shaxsiy investitsion resurslardan foydalanish samaradorligini tashqi nazorati chegaralanganligi. Tashqi moliyalashtirish manbalari ijobiy jihatlari: ulardan foydalanish yuqori imkoniyatlari; investitsiya faoliyati samaradorligi ustidan yuqori tashqi nazorat mavjudligi. Shuning bilan birga uning kamchiliklari: keltirish qiyinchiliklari; keltirishning uzoq davrliligi; mulk garovi va garantiyalar zarurligi; bankrotlik riski yuqoriligi; ssuda foizini to‘lash natijasida investitsiya faoliyatidan keladigan foydaning pasayishi; korxona faoliyatini boshqarishda qisman yo‘qotish. Tashqi va ichki moliyalashtirish manbalarini nisbati optimallashtirish bosh mezonlari: korxona yuqori moliyaviy mustahkamligini ta’minlash zarurati; investitsiya faoliyati foydasi yig‘indisini maksimallashtirish. Download 2.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling