“innovatsion iqtisodiyoT” fanining nazariy asoslari 1-mavzu. “Innovatsion iqtisodiyot” faniga kirish Reja
Download 2.56 Mb.
|
Q. J. Mirzaev, E. Sh. Shavqiev,B. K. Janzakov innovatsion iqtiso-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 18 mavzu. Iqtisodiyotda innovatsion klasterlarni shakllantirish zaruriyati Reja
- 18.1. Innovatsion iqtisodiyotda klasterlar siyosati, o‘ziga xos xususiyatlari hamda klaster usullarini qo‘llashning ahamiyati
Tayanch iboralar
Innovatsion loyiha, innovatsion dastur, moliyalashtirish, kapital, xarajat, tanlov, davlat grantlari, venchur jamg‘armasi, mablag‘, kapital xarajat, Nazorat va muhokama uchun savollar 1.Davlat innovatsion dasturlari xususida nimalarni bilasiz? 2. Innovatsion loyiha nima? 3.Innovatsion loyihalarni moliyalashtirish manbalarini ayting. 4.Innovatsion loyihalarni davlat byudjetidan moliyalashtirish qanday amalga oshiriladi? 5.Korxonaning o‘z mablag‘lari hisobidan innovatsion loyihalarni moliyalashtirish qanday tashkil etiladi? . 18 mavzu. Iqtisodiyotda innovatsion klasterlarni shakllantirish zaruriyati Reja 18.1. Innovatsion iqtisodiyotda klasterlar siyosati, o‘ziga xos xususiyatlari hamda klaster usullarini qo‘llashning ahamiyat. 18.2. Innovatsion faoliyatni klaster usulini qo‘llash asosida davlat tomonidan boshqarish. O‘zbekistonda innovatsion klasterlar va ularni tashkil etishning ustuvor yo‘nalishlari. 18.3. Innovatsion iqtisodiyotda innovatsion klasterlarning asosiy turlari. 18.1. Innovatsion iqtisodiyotda klasterlar siyosati, o‘ziga xos xususiyatlari hamda klaster usullarini qo‘llashning ahamiyati Hozirgi makroiqtisodiy rivojlanish sharoitida iqtisodiyotda yuqori samaradorlikka erishishda innovatsion klasterlarning alohida o‘rni mavjud. Jahon tajribasidan ma’lumki, iqtisodiyotning turli sohalarida turli ko‘rinishdagi klasterlar soni oshib bormoqda. Ayniqsa, dunyoning rivojlangan davlatlaridan Amerika Qo‘shma Shtatlarida, Buyuk Britaniyada, Germaniyada, Yaponiyada, Fransiyada turli zamonaviy innovatsion texnologiyalarga asoslangan klasterlar tashkil etilgan. Milliy iqtisodiyotimizni rivojlanishining hozirgi bosqichida klasterlarni ko‘paytirish, ayniqsa, innovatsiyaga asoslangan klasterlarni tashkil etish muhim vazifalardan hisoblanadi. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev ta’kidlaganidek, “Parlamentimiz ... “Kooperatsiya va klasterlar to‘g‘risida”gi yangi qonunni” tezroq qabul qilsa...”103 mamlakatimizda mazkur sohada rejalashtirilayotgan katta ishlarning muhim huquqiy asosi yaratilar edi. Jahondagi klaster maktabining asoschisi hisoblangan Gorvard biznes maktabi professori Maykl Porter104 e’tirof etishicha, klaster tushunchasi ingliz tilidagi “cluster” (to‘plam, bog‘lam, guruh) so‘zidan olingan bo‘lib, unga ko‘ra “klaster – ma’lum bir sohada faoliyat ko‘rsatadigan geografik jihatdan bir-biriga bog‘liq bo‘lgan kompaniyalar va unga aloqador tashkilotlar guruhidir, u umumiy faoliyat va o‘zaro bir-birini to‘ldiruvchi xususiyatlar bilan tasniflanadi”. M.Porterning tarmoq, mintaqa, mamlakatning raqobatbardoshligini uning “tegishli sohaga mansub bo‘lgan, geografik konsentratsiyalashgan o‘zaro bog‘liq kompaniyalar, ixtisoslashgan yetkazib beruvchilar, xizmat ko‘rsatish kompaniyalari, bir-biriga yaqin sohalarga mansub firmalar va assotsiatsiyalashgan institutlari belgilaydi”105 degan fikri klasterning klassik ta’rifi sifatida qo‘llaniladi. M.Porter konsepsiyasiga ko‘ra, klasterni shakllantirish uchun quyidagi omillar bo‘lishi talab qilinadi: cheklangan geografik hududda barcha klaster ishtirokchilarining konsentratsiyasi; mazkur mintaqada, klasterni shakllantirishga va korxonalarni qo‘llab-quvvatlash va xizmat ko‘rsatishga yordam beradigan raqobatli ustunlikka ega bo‘lgan yetakchi kompaniyalarning mavjudligi; ishtirokchilar o‘rtasida hamkorlikni muvofiqlashtirish. Innovatsion klasterni tuzishdan maqsad bozorda birgalikda harakatlar samarasi hisobiga (sinergitek samara) sohani raqobatbardoshligini oshirish innovatsion samaradorlikka erishish hamda yangi innovatsion yo‘nalishlarni rivojlantirishdan iborat bo‘ladi. Bugungi tezkor iqtisodiy rivojlanishda innovatsion klasterlarni shakllantirishning asosiy zaruriyati quyidagilar hisoblanadi. Birinchidan, xususiy korxonalar va tarmoqlar, davlat xususiy hamkorlik tashkilotlari hamda davlat organlari, jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda iqtisodiyot ehtiyoji uchun muhim zaruriy mahsulot ishlab chiqarish. Ikkinchidan, tegishli hududda turli resurslarni jalb etish asosida klaster sub’ektlaridan samarali foydalanishning yangi imkoniyatlarini yaratish. Uchinchidan, “fan-ta’lim-ishlab chiqarish” zanjiridan klaster elementlaridan foydalangan holda samarali foydalanishni tashkil etish va bunda fan sohasida erishilayotgan yutuqlarni jadallik bilan amaliyotga joriy etish tizimini kuchaytirish. To‘rtinchidan, innovatsion klaster tashkil etilgan hududda barcha ob’ektlar va sub’ektlar raqobatbardoshligini oshirish va yangi ichki imkoniyatlarni ochib berilishiga shart-sharoit yaratish. Beshinchidan, innovatsion klaster asosida yuqori bilim, malaka va ko‘nikmaga ega bo‘lgan inson resurslaridan samarali foydalanish hisobiga yangi innovatsion g‘oyalarni yaratilishini kuchaytirish. Oltinchidan, mamlakatda geografik joylashuv bo‘yicha turli hududlar ichki imkoniyatlaridan samarali foydalanishga shart-sharoitlar yaratish. Bugungi kunda respublikamizda innovatsiyaga asoslangan klasterlash siyosatini amalga oshirish hamda klaster yondashuvi usullarini qo‘llash asosida ushbu jarayonning o‘ziga xos ustunlikka ega bo‘lgan xususiyatlari quyidagilar hisoblanadi. Respublikamiz iqtisodiyotda innovatsion klasterlarni shakllantirish quyidagi yangi imkoniyatlarni yaratadi. Birinchidan, faoliyat sohasi bo‘yicha geografik jihatdan bir-biriga yaqin bo‘lgan kompaniyalar, tashkilotlar va korxonalarning yuqori daromad olishligi uchun o‘zaro hamkorligi yaratiladi. Ikkinchidan, ma’lum bir sohaga mansub bo‘lgan ixtisoslashgan korxona va tashkilotlarning yangi innovatsion g‘oyalari ishlanmalari hamda tadqiqot natijalarini ishlab chiqarishga qo‘llashga ega bo‘linadi. Download 2.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling